×

International Illustration Contest: Dizaynlar tanlovi; bosh mukofot – 10 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

07.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2084 marta

Clip Studio Paint ilovasi yaratuvchisi boʻlgan Yaponiyaning CELSYS, Inc.tashkiloti Samsung Electronics Japan va Wacom Europe GmbH kompaniyalari homiyligida International Illustration Contestni e’lon qildi. Tanlovning mavzusi: The cutest character in the Galaxy!

Tanlovda professional va havaskor dizayner-ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Ular galaktikaning eng yoqimtoy personaji dizaynini yaratishglari lozim boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor dizaynerlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

Grand Prize – Bosh sovrin – 10 000 USD mukofot beriladi.

  • Wacom Cintiq 22 (DTK-2260/K0D) LCD tablet
  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds
  • Clip Studio Paint EX Activation Code (Dual-device plan, 3 years) yoki 10 000 GOLD
  • Mukofot taxtachasi.

 Runner-Up Prize – 3 000 mukofot beriladi.

  • Wacom One (DTC133W0D) LCD tablet
  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds
  • Clip Studio Paint EX Activation Code (Dual-device plan, 3 years) or 10,000 GOLD
  • Mukofot taxtachasi.

LavenderTowne Award – 3 000 USD mukofot beriladi.

  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds
  • Clip Studio Paint EX Activation Code (Dual-device plan, 3 years) or 10,000 GOLD
  • Mukofot taxtachasi.

3-5-oʻrin – 1 000 USD mukofot beriladi.

  • Wacom One (DTC133W0D) LCD tablet
  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds
  • Clip Studio Paint EX Activation Code (Dual-device plan, 2 years) or 10,000 GOLD
  • Mukofot taxtachasi.

 6-10-oʻrin – 300 USD mukofot beriladi.

  • Wacom One (DTC133W0D) LCD tablet
  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds
  • Clip Studio Paint PRO Activation Code (Dual-device plan, 2 years) or 5,000 GOLD
  • Sertifikat.

Honorable mentions (10 ta gʻolib):

  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds
  • LavenderTowne illustrated T-shirt (L size)
  • Clip Studio Paint PRO Activation Code (Dual-device plan, 2 years) or 5,000 GOLD
  • Sertifikat

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod 7-oktabrga qadar Twitter yoki Instagramdagi akkauntidan foydalanib, oʻz ishini #GalaxysCutest xeshtegi ostida e’lon qilishi kerak. Agar Facebook akkauntidan foydalanish kerak boʻlsa, tanlov guruhiga qoʻshilish hamda o’sha guruhda xabarini qoldirishi kerak boʻladi.
  • Tanlovga Twitter, Instagram yoki Facebookdagi akkuntlardan bevosita hujjat topshirish mumkin emas.
  • Taqdim etilgan gʻoyalar original boʻlishi kerak. Hakamlar asosiy qarorni qabul qilsalar-da, ijtimoiy tarmoqlardagi “layk” va “twit”lar inobatga olinishi mumkin.
  • Fan-art, mavjud personajlar yoki brendlarga qatnashgan personajlar dizaynlari qabul qilinmaydi.
  • Gʻoyani amalga oshirishda istalgan dasturiy ta’minotdan foydalanish mumkin. Agar bunday dasturiy mahsulot boʻlmasa, Clip Studio Paint dasturidan foydalanish imkoni beriladi. Bunda nomzodga 30 kunlik bepul versiyaga dostup beriladi. Shuningdek, ushbu dasturning iPhone, iPad va Galaxy mobil qurilmalari uchun ishlangan ilovalaridan ham foydalanish mumkin.
  • Tanlov CELSYS, Inc.tashkiloti tomonidan tashkil etilmoqda va uning Twitter, Instagram yoki Facebook bilan aloqasi yoʻq.
  • Tashkilotchi tanlov vaqtini oʻzgartirishi mumkin.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish dedlayn muddati 2020-yilning 7-oktabrgacha.

  • Ishlar 7-oktabrga qadar nomzodning Twitter yoki Instagramdagi akkauntidan foydalanib, oʻz ishini #GalaxysCutest xeshtegi ostida e’lon qilishi kerak. Agar Facebook akkauntidan foydalanish kerak boʻlsa, tanlov guruhiga qoʻshilish hamda osha guruhda xabarini qoldirishi kerak boʻladi.
  • Fayllar PNG, JPG formatida, 5 MBgacha hajmda boʻlishi kerak.
  • Fayl iloji boricha A4,300 dpi (2480 x 3508 piksel) formatda, smartfonlar uchun esa 854 x 480 piksel formatda joʻnatilishi lozim.
  • Tanlovga Twitter, Instagram yoki Facebookdagi akkuntlardan bevosita hujjat topshirish mumkin emas.
  • Taqdim etilgan gʻoyalar original boʻlishi kerak. Hakamlar asosiy qarorni qabul qilsalar-da, ijtimoiy tarmoqlardagi “layk” va “twit”lar inobatga olinishi mumkin.
  • Tanlov tashkilotchisi CELSYS, Inc.tashkiloti gʻoliblar bilan ingliz, yapon, arab, koreys, fransuz, ispan, nemis yoki xitoy tilidan foydalangan holda bogʻlanadi.
  • Nomzodlar boshqa nomzodlarning ishlariga layk bosishi yoki munosabat bildirishi mumkin.
  • Tashkilot gʻolib bilan Twitter, Instagram yoki Facebook orqali bogʻlanganidan keyin 2 hafta ichida gʻolib tashkilotga javob yozishi kerak, aks holda yutuq bekor qilinadi.
  • Tanlovda 1-3-oʻrinlarni olgan gʻoliblarning yutuq pullari ishtirokchining PayPal hamyonga oʻtkazib beriladi.
  • Natijalar 2020-yilning noyabr oyi boshlarida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Pacific Marks Shinjuku, 4-15-7 Nishi-Shinjuku, Shinjuku-ku, Tokyo 160-0023 Japan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!