×

International Illustration Contest tanlovida ishtirok eting va 1929 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

14.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2263 marta

Yaponiyaning Celsys grafik dasturiy ta’minot kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan International Illustration Contest ilyustratsiyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu yili 26-marta o’tkazilayotgan tanlovda ishtirok etish uchun qatnashchilar «Eng yaxshi tabassum» (the best smile) mavzusida bitta yoki bir nechta rasm (ilyustratsiya) taqdim etishlari talab etiladi. Tanlovga qo’lda yoki mobil qurilma/kompyuter orqali chizilgan ilyustratsiyalar bilan ishtirok etish mumkin. Rasmlar elektron holatda taqdim etilishi va istalgan dastur orqali yaratilishi mumkin. Bitta qatnashchi bir qancha ariza bilan ishtirok etish huquqiga ega.

Arizalar 14-yanvargacha qabul ailinafi va natijalar 2021-yil 12-fevralda e’lon qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 

  • Bosh mukofot sohibi (1 nafar) 200,000 JPY pul mukofotiga (1929 AQSh dollari) ega bo’ladi. Mukofotga qo’shimcha sifatida Clip Studio Paint EX deb nomlangan, rasm chizish uchun mo’ljallangan dasturga 3 yillik obuna yoki Clip Studio Paint dasturida foydalaniladigan, “gold” deb ataladigan maxsus ochkolardan 10,000 tasini tanlashi mumkin. Gold haqida batafsil

 

  • Ikkinchi o’rin egasi (1 nafar) 50,000 JPY (482 AQSh dollari) pul mukofotiga ega bo’ladi. Mukofotga qo’shimcha tarzda Clip Studio Paint EX dasturidan 3 yil bepul foydalaniy imkonini beruvchi faollashtirish kod yoki 10,000 Gold tanlash mumkin.
  • 3-5 o’rinlarni qo’lga kiritganlarning har biriga (3 nafar): 20000 JPY (192 AQSh dollari) pul mukofoti taqdim etiladi. Mukofotga qo’shimcha tarzda Clip Studio Paint EX bir yillik obunasi kodi yoki 5000 Gold tanlanishi mumkin. 
  • 6-10 o’rinlar uchun (5 nafar) g’oliblarning har biriga 10,000 JPY (96 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. Qo’shimcha tarzda Clip Studio Paint PRO 1 yillik obunasi yoki 3000 Gold tanlanishi mumkin.
  • Faxriy o’rinlar (10 nafar) – Clip Studio Paint PRO bir yillik obunasi yoki 3000 Gold.

Talablar:

  • Taqdim etilgan materiallar har qanday yoshga mos keladigan, original asar bo’lishi kerak.
  • Mavjud xarakterlar, brendlar yoki mahsulotlarni talqin qilgan rasmlar qabul qilinmaydi.
  • Fayl formati: PNG, JPG bo’lishi, hajmi maksimal 5 MB ni tashkil etishi talab etiladi.
  • Tanlovda istalgan o’lchamdagi rasmlar bilan ishtirok etish mumkin. Ammo dastur tashkilotchilari tomonidan A4 o’lchamdagi 300 dpi (2480 x 3508 piksel) rasmlarni taqdim etish tavsiya qilinadi. Shuningdek, smartfon o’lchamidagi 854 x 480 piksel rasmlar ham qabul qilinadi.
  • Ishtirokchilar tanlov mavzusiga mos keladigan ilgari ommaga e’lon qilingan rasmlar bilan ham ishtirok etishi mumkin.
  • Bir vaqtning o’zida boshqa tanlovlarga taqdim etilgan rasmlarni ushbu tanlovga ham taqdim etish mumkin emas (tanlov natijalari e’lon qilinganidan so’ng boshqa tanlovlarda ushbu rasmlar bilan ishtirok etish mumkin).
  • Topshirilayotgan ishlar ruhiy yoki iqtisodiy kamchiliklarni kamsitmasligi, shuningdek, tuhmat elementlari yoki haqoratli so’zlarni o’z ichiga olmasligi zarur.
  • Rasmlarda yalang’ochlik yoki shahvoniy tasvirlar tasvirlanmasligi, voyaga yetmaganlar ta’qiqlangan faoliyatlar bilan shug’ullanishi, pornografiya yoki zo’ravonlikni ko’rsatilmasligi kerak.
  • Taqdim etiladigan ishlar hech kimning diniy, siyosiy, kasbiy, jinsiy erkinligini behurmat qilmasligi, muayyan g’oyalarni singdirishga urinmasligi yoki nizo keltirib chiqarmasligi kerak.
  • Rasmlar qonun, jamoat tartibi yoki axloq qoidalarini buzmasligi, ijtimoiy haqoratli mazmunga ega bo’lmasligi kerak.
  • Taqdim etilayotgan ishlar tanlov maqsadiga mos bo’lishi zarur.
  • Taqdim etiladigan ishlar istalgan dasturda yaratilishi mumkin. Agar sizda raqamli dasturiy ta’minot mavjud bo’lmasa bu yerdan dasturni yuklab olishingiz va bepul sinov muddatidan foydalangan holda rasmni yaratishingiz mumkin.
  • Belgilangan barcha shartlarga javob bermaydigan, tanlov mavzusiga to’g’ri kelmaydigan yoki Celsys kompaniyasi tomonidan noo’rin deb hisoblangan ishlar ko’rib chiqilmaydi va qatnashchilar bu haqida alohida xabardor qilinmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun rasmlarmi Twitter, Instagram yoki Facebook tarmoqlaridan birida joylashtirish kerak. 

Twitter orqali ishtirok etish: Twitter’da @clipstudiopaint akkauntini “follow” qiling. Keyin esa tanlov uchun tayyorlagan ilyustratsiyani #cspcontest26 hesh tegi bilan post qiling.

Instagram orqali ishtirok etish: @clipstudioofficial akkauntini “follow” qiling. Tanlovga chizilgan ilyustratsiyani #cspcontest26 hesh tegi bilan post qiling.

Facebook orqali ishtirok etish:  Facebook’da tanlov uchun maxsus tuzilgan guruhga a’zo bo’ling –Contest Facebook group. Shu guruhga tanlovga tayyorlangan suratni joylashtiring. Guruhdan tashqarida joylashtirilgan ishlar inobatga olinmaydi. Rasm guruhga joylashtirilgandan so’ng ularni boshqa odamlar ham ko’ra olishini tekshirib oling. 

Barcha suratlar JPG yoki PNG formatida, hajmi 5 MB dan oshmasligi kerak.

Tanlovda ishlarni taqdim etish haqidagi batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!