International Law Fellowship Programme – BMT tomonidan tashkil qilingan hamda oʻtkaziladigan 1 oylik malaka oshirish dasturidir. Dastur rivojlanayotgan davlatlar va iqtisodiy yangi rivojlangan davlatlardan boʻlgan xalqaro huquq sohasida faoliyat yurituvchi huquqshunoslar, hukumat rasmiylari va xalqaro huquq boʻyicha oʻqituvchilar uchun moʻljallangan.
Dastur 2025-yil 30-iyundan 1-avgustgacha Niderlandiyaning Gaaga shahrida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar xalqaro huquq boʻyicha maʼruza va seminarlarda, muhokamalarda qatnashadi, bir-biri bilan fikr va tajriba almashadi hamda xalqaro huquq va BMTning huquqiy masalalar boʻyicha faoliyati haqidagi bilimlarini oshiradi.
Odatda ushbu dasturga har yili 20 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dastur toʻliq fransuz tilida olib boriladi. Dasturda oʻtiladigan mashgʻulotlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Xalqaro huquq sohasida faoliyat yuituvchi malakali huquqshunoslar, hukumat rasmiylari va xalqaro huquq boʻyicha olimlar/oʻqituvchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga grant asosida qatnashish yoki barcha xarajatlarni oʻz yonidan qoplash asosida qatnashish uchun ariza berish mumkin.
Grant asosida qatnashish uchun ariza bergan va qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Borish-kelish xarajati qoplanadi (ekonom-klass).
- Bepul turar joy taʼminlanadi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- Ushbu dasturda qatnashish haqi qoplab beriladi.
- Oʻquv materiallari bepul taqdim etiladi.
- Gaaga Xalqaro huquq akademiyasining xalqaro ommaviy huquq boʻyicha kursi uchun roʻyxatdan oʻtish haqi toʻlab beriladi.
- Boshqa kundalik xarajatlar uchun stipendiya beriladi.
Oʻz hisobidan qatnashmoqchi boʻlgan nomzodlar barcha xarajatlarni oʻzlari qoplashi kerak (faqat oʻquv materiallari bepul taʼminlanadi).
Shuningdek, dasturni toʻliq yakunlagan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod rivojlanayotgan yoki iqtisodi yangi rivojlangan davlat fuqarosi yoki rezidenti boʻlishi kerak (Oʻzbekiston fuqarolari topshira oladi).
- Nomzod xalqaro huquq sohasida faoliyat yurituvchi malakali huquqshunos, hukumat rasmiylari, xalqaro huquq boʻyicha olimlar/oʻqituvchilar, xalqaro huquq bilan shugʻullanuvchi hukumat va nohukumat tashkilot hamda muassasa vakillari ariza topshira oladi.
- Talabalar ariza topshira olmaydi. Faqat muayyan ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
- Hozirda BMT xodimi boʻlganlar grant uchun ariza topshira olmaydi, biroq alohida hollarda oʻz yonidan xarajatlarni qoplash asosida dasturga qabul qilinishi mumkin.
- Nomzod fransuz tilini yetarli daraja bilish lozim. Ona tilisi fransuz tili boʻlmagan nomzodlar fransuz tilini bilishini isbotlovchi hujjat topshirishi kerak (masalan, xalqaro fransuz tili sertifikatlari, universitetda ingliz tilida oʻqiganlik haqida hujjat, ingliz tilida uzoq muddat ishlaganlik tajribasi va h.k.).
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2025-yil 26-fevralgacha qabul qilinadi. Nomzodlar ushbu ariza shaklini (fransuz tilida) yuklab olishi, uni toʻliq toʻldirishi va ariza shaklida qayd etilgan hujjatlar bilan birga 2025-yil 26-fevralgacha ilfp@un.org elektron pochta manziliga yuborilishi kerak. Ariza shakli 2 ta versiyada yuborilishi kerak:
- Toʻldirilgan va imzolangan ariza shaklining skanerlangan nusxasi.
- Toʻldirilgan ariza shaklining MS Word shaklidagi nusxasi.
Ariza shaklida nomzodning maʼlumotlaridan tashqari, toʻldirilishi kerak boʻlgan kafolat xati (Letter of Transmission) va tavsiyona (Recommendation) ham mavjud.
Kafolat xati nomzod ishlaydigan tashkilot, organ yoki muassasa (vakolatli rahbar) tomonidan toʻldiriladi.
DIQQAT: Ariza topshirishga oid rasmiy maʼlumotlarni toʻliq oʻqib chiqing.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur qoʻllanmasi va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan ilfp@un.org elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.