×

International Law Fellowship Programme: Xalqaro huquq sohasi vakillari uchun Gaagada 1 oylik malaka oshirish; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1645 marta

International Law Fellowship Programme – BMT tomonidan tashkil qilingan hamda oʻtkaziladigan 1 oylik malaka oshirish dasturidir. Dastur rivojlanayotgan davlatlar va iqtisodiy yangi rivojlangan davlatlardan boʻlgan xalqaro huquq sohasida faoliyat yurituvchi huquqshunoslar, hukumat rasmiylari va xalqaro huquq boʻyicha oʻqituvchilar uchun moʻljallangan.

Dastur 2022-yil 4-iyildan 5-iylulgacha Niderlandiyaning Gaaga shahrida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar xalqaro huquq boʻyicha maʼruza va seminarlarda, muhokamalarda qatnashadi, bir-biri bilan fikr va tajriba almashadi hamda xalqaro huquq va BMTning huquqiy masalalar boʻyicha faoliyati haqidagi bilimlarini oshiradi.

2022-yilgi dastur uchun jami 20 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Dasturda oʻtiladigan mashgʻulotlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Xalqaro huquq sohasida faoliyat yuituvchi malakali huquqshunoslar, hukumat rasmiylari va xalqaro huquq boʻyicha oʻqituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga grant asosida qatnashish yoki barcha xarajatlarni oʻz yonidan qoplash asosida qatnashish uchun ariza berish mumkin.

Grant asosida qatnashish uchun ariza bergan va qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Borish-kelish xarajati qoplanadi (ekonom-klass).
  • Bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Ushbu dasturda qatnashish haqi qoplab beriladi.
  • Oʻquv materiallari bepul taqdim etiladi.
  • Gaaga Xalqaro huquq akademiyasining xalqaro ommaviy huquq boʻyicha kursi uchun roʻyxatdan oʻtish haqi toʻlab beriladi.
  • Boshqa kundalik xarajatlar uchun stipendiya beriladi.

Oʻz hisobidan qatnashmoqchi boʻlgan nomzodlar barcha xarajatlarni oʻzlari qoplashi kerak (faqat oʻquv materiallari bepul taʼminlanadi).

Shuningdek, dasturni toʻliq yakunlagan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod rivojlanayotgan yoki iqtisodi yangi rivojlangan davlat fuqarosi yoki rezidenti boʻlishi kerak (Oʻzbekiston fuqarolari topshira oladi).
  • Nomzod xalqaro huquq sohasida faoliyat yurituvchi malakali huquqshunos, hukumat rasmiylari, xalqaro huquq oʻqituvchilari, xalqaro huquq bilan shugʻullanuvchi hukumat va nohukumat tashkilot hamda muassasa vakillari ariza topshira oladi.
  • Talabalar ariza topshira olmaydi. Faqat muayyan ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  • Hozirda BMT xodimi boʻlganlar grant uchun ariza topshira olmaydi, biroq alohida hollarda oʻz yonidan xarajatlarni qoplash asosida dasturga qabul qilinishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli daraja bilish lozim. Ona tilisi ingliz tili boʻlmagan nomzodlar ingliz tilini bilishini isbotlovchi hujjat topshirishi kerak (masalan, IELTS, TOEFL kabi til sertifikatlari, universitetda ingliz tilida oʻqiganlik haqida hujjat, ingliz tilida uzoq muddat ishlaganlik tajribasi va h.k.).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 15-martgacha qabul qilinadi. Nomzodlar ushbu ariza shaklini yuklab olishi, uni toʻliq toʻldirishi va ariza shaklida qayd etilgan hujjatlar bilan birga 2022-yil 15-martgacha ilfp@un.org elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Ariza shaklida nomzodning maʼlumotlaridan tashqari, toʻldirilishi kerak boʻlgan kafolat xati (Letter of Transmission) va tavsiyona (Recommendation) ham mavjud.

Kafolat xati nomzod ishlaydigan tashkilot, organ yoki muassasa (vakolatli rahbar) tomonidan toʻldiriladi. Unda tashkilot nomzodni ushbu dasturga grant asosida yoki xarajatlarini oʻzi qoplashi asosida qatnashishga tavsiya qiladi.

Tavsiyanoma esa nomzod ishlaydigan tashkilot yoki uning nazoratchisi (vakolatli rahbar xodim) tomonidan yoziladi. Unda nomzodning salohiyati va boshqa shu kabilar haqida aniq soʻralgan savollarga javob yozish kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur qoʻllanmasi va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan ilfp@un.org elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!