×

International Law Fellowship Programme: xalqaro huquq mutaxassislari uchun Gollandiyada 6 haftalik tayyorlov; barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

30.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1709 marta

BMT’ning 2021 International Law Fellowship Programme dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur xalqaro huquq yo’nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shu jumladan, davlat amaldorlari va o’qituvchilar uchun mo’ljallangan. Treningga xalqaro huquq bo’yicha chuqur bilim va ish tajribasiga ega mutaxassislar saralab olinadi.

Qabul qilingan mutaxassislar Gollandiyaning Gaaga shahrida joylashgan Peace Palace binosida 6 haftalik intensiv tayyorlov dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Treningda dunyoning nufuzli huquqshunos olimlari tomonidan quyidagi mavzularda seminar va ma’ruzalar bo’ladi:

  • Xalqaro huquqga kirish
  • Shartnoma huquqi
  • Xalqaro javobgarlik
  • Xalqaro tinchlik va xavfsizlik
  • Xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish
  • Diplomatik va konsullik huquqi
  • Xalqaro tashkilotlar
  • Xalqaro inson huquqlari qonunchiligi
  • Xalqaro gumanitar huquq
  • Xalqaro jinoyat huquqi
  • Xalqaro ekologik huquq
  • Dengiz huquqi
  • Xalqaro savdo huquqi
  • Xalqaro investitsiya qonuni.

Undan tashqari, The Hague Academy of International Law (Gaaga xalqaro huquq akademiyasi)da ham mashg’ulotlar bo’ladi. Trening 2021-yil 28-iyundan 6-avgustgacha bo’ladi.

Muhim: Dastur fransuz tilida bo’ladi. Barcha ishtirokchilar fransuz tilini yaxshi bilishlari shart.

Grant kimlar uchun?

Xalqaro huquq mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar:

  • Aviachipta
  • Turar joy
  • O’quv materiallari
  • Tibbiy sug’urta
  • Stipendiya bilan ta’minlanadi.

Dasturda o’z hisobidan qatnashish uchun ariza topshirish ham mumkin. Bunda barcha xarajatlarni ishtirokchining o’zi yoki uni nomzodlikka ko’rsatgan tashkilot/muassasa qoplashi kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod xalqaro huquq sohasida tajribaga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod davlat, xalqaro yoki nodavlat tashkilot yoki muassasada rasman xalqaro huquq bo’yicha faoliyat olib borayotgan bo’lishi kerak.
  • Dastur nihoyasiga yetganda o’z yurti va ish joyiga qaytishi kerak.
  • O’zi ishlaydigan muassasa tomonidan nomzodlikka ko’rsatilishi kerak.
  • Fransuz tilini yaxshi bilishi, til sertifikati yoki til bilish darajasini tasdiqlovchi boshqa dalil ko’rsatishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar email orqali topshiriladi. Avvaliga arizani yuklab oling. Arizaning ba’zi qismlari ish joyi tomonidan to’ldiriladi. Ariza to’liq fransuz tilida kompyuterda (qo’lyozmada emas) to’ldirilishi zarur. Tayyor ariza ilfp@un.org manziliga 30-martgacha yuborilishi kerak.

Murojaat uchun: ilfp@un.org. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar sahifasidagi ma’lumotlar (FAQs) bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!