×

International Local Authorities Internship: Talabalar va universitetni yaqinda bitirganlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

30.07.2025

QOLGAN VAQT

7 kun

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

18514 marta

International Local Authorities Internship Program – Turkiya munitsipalitetlar ittifoqi tomonidan 2012-yildan beri har yili tashkillashtiriladigan xalqaro amaliyot dasturidir. Bu dasturning maqsadi – taʼlim, amaliy misollar, joylarga tashriflar, jumladan, ijtimoiy mashgʻulotlar va Turkiyadagi turli shaharlarga safarlar orqali ishtirokchilarga Turkiyadagi mahalliy boshqaruv boʻyicha bilim berish hisoblanadi. Dastur davomida ishtirokchilar mahalliy boshqaruv boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻladi.

Ushbu dastur universitet talabalari va oliy taʼlim muassasasini yaqinda bitirganlar uchun moʻljallangan.

Bu yilgi dastur 2025-yil 31-avgust – 7-sentabr kunlari boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagilarni oʻrganadi:

  • mahalliy hukumatlarning (hokimiyatlarning) asosiy qadriyatlari
  • Mahalliy hokimiyatlarlarda yoshlar ishtiroki
  • Mahalliy hokimiyatlarni boshqarishda moliyalashtirish va grant manbalari
  • Xalqaro va mintaqaviy mahalliy hukumat organlari
  • Barqaror rivojlanish maqsadlari
  • Mahalliy boshqaruv organlarida shaharsozlikning samarali elementlari
  • Xalqaro tarmoqlar va hamkorlik

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarning dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, Turkiyaga borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat, viza va boshqa xarajatlar tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni yuklash talab etilmaydi).
  • Nomzodlar oliy taʼlim muassasasida talaba yoki oliy taʼlim muassasasini yaqinda bitirgan boʻlishi kerak.

Ishtirokchilar ingliz tilini bilish darajasi, akademik yutuqlari, xaqaro tajribasi va boshqa omillar asosida saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi, Arizani ingliz tilida BU YERDA toʻldirib, topshirish mumkin.

Ariza shaklini toʻldirishda soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va zaruriy hujjatlarni yuklash kerak.

Savollar yuzasidan localinternational@tbb.gov.tr elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!