International Local Authorities Internship Program – Turkiya munitsipalitetlar ittifoqi tomonidan 2012-yildan beri har yili tashkillashtiriladigan xalqaro amaliyot dasturidir. Bu dasturning maqsadi – taʼlim, amaliy misollar, joylarga tashriflar, jumladan, ijtimoiy mashgʻulotlar va Turkiyadagi turli shaharlarga safarlar orqali ishtirokchilarga mahalliy boshqaruv boʻyicha bilim berish hisoblanadi. Dastur davomida ishtirokchilar mahalliy boshqaruv boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻladi.
Bu yilgi dastur 2023-yil 20-27-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
Dastur davomida ishtirokchilar quyidagilarni oʻrganadi:
- mahalliy hukumatlarning (hokimiyatlarning) asosiy qadriyatlari
- mahalliy demokratiya va ishtirok
- mahalliy hukumatlarning ijtimoiy va madaniy faoliyati
- mahalliy hokimiyatlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari
- mahalliy hukumatlar va barqaror rivojlanish maqsadlari
- qiyosiy mahalliy hukumatlar
- Turkiyada mahalliy hokimiyat organlar
- CV tayyorlash va ish uchun suhbatga kerakli texnikalar
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlarning dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, Turkiyaga borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Ingliz tilini yaxshi bilish lozim.
- Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi yoki shu sohalardan birida bakalavriatni yaqinda tamomlagan boʻlishi kerak:
– huquqshunoslik
– iqtisod
– shaharlarni/hududiy rejalashtirish
– sotsiologiya
– statistika
– kommunikatsiya
– siyosiy fanlar
– xalqaro aloqalar
– maʼmuriy boshqaruv fanlari
– boshqa aloqador sohalar
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2023-yil 16-iyungacha qabul qilinadi, Arizani ingliz tilida BU YERDA toʻldirib, topshirish mumkin.
Ariza shaklini toʻldirishda universitetda olingan baholarni yuklash va motivatsiya xati yozish ham soʻraladi.
Savollar yuzasidan localinternational@tbb.gov.tr elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.