×

International Max Planck Research School (IMPRS) – PhD kurslarida bepul tahsil olish imkoniyati; joy-5ta!


Grant

MUHLAT

24.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1337 marta

Germaniyaning Max Planck Institute for Chemical Ecology (MPICE) hamda Friedrich Schiller University of Jena (FSU) oliygohlari hamkorligida tashkil etilgan International Max Planck Research School (IMPRS maktabi PhD bosqichidagi tadqiqotchilariga bir necha grantlar taklif etmoqda. Tadqiqotlar kimyo, ekologiya va molekulyar biologiya sohalari bo’yicha –The Exploration of Ecological Interactions with Molecular and Chemical Techniques” mavzusida olib boriladi va dastur yakunida tadqiqotchilarga Friedrich Schiller University tomonidan doktorlik darajasi beriladi. Ushbu grant dasturi 2019-yil kuzda boshlanadigan, 3 yillik PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Dastur doirasida 5 nafar tadqiqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bo`yicha oliygohda o’qish mutlaqo bepul. Iqtidorli tadqiqotchilar IMPRS stipendiya dasturiga hujjat topshirishlari mumkin. Shuningdek, dastur qatnashchilariga har yili o`tkaziladigan Annual IMPRS Symposium’da qatnashish imkoni ham beriladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarlari ariza berishlari mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod International Max Planck Research School (IMPRS)  maktabi PhD bosqichiga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Nomzod molekulyar biologiya, ekologiya, mikrobiologiya, kimyo, biokimyo, etimologiya, bioinformatika yoki shunga yaqin sohalar bo`yicha magistrlik darajasiga ega bo`lishi kerak.
  5. Nomzodning egallagan xohasi bo’yicha tadqiqot/mehnat tajribasiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
  6. Nomzod o`zida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga bo`lgan kuchli qiziqishni namoyon etishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod  2019-yilning 24-mayiga qadar ariza va barcha kerakli hujjatlarni onlayn portal orqali IMPRS hay’atiga taqdim qilishi kerak.

Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan oliygoh hay’ati skype orqali suhbat o`tkazadi. Final bosqichiga o`tgan nomzodlar bilan bo`ladigan suhbat oliygohning o’zida o`tkaziladi. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Muhim sanalar:

  • Ariza topshirish: 8-apreldan 24-maygacha.
  • Tavsiyanomalarni yuborish: 31-maygacha.
  • Skype orqali o’tkaziladigan suhbatlar: 17-iyundan 5-iyulgacha.
  • IMPRS oliygohida (Jena shahrida) bo`ladigan tanishuv/suhabat jarayoni: 10-11 sentabr.
  • Yakuniy natijalar: 18-20 sentabr.
  • Dasturning boshlanishi: g`olib tadqiqotchilar dasturni 2019-yil oktabrdan 2020-yil 1-yanvarga qadar xohlagan paytlarida boshlashlari mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Motivatsion xat.
  3. CV/resume.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Magistrlik diplomi.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Ingliz tilini o`zlashtirganlik sertifikati.
  8. Ro`yxatdan o’tish raqami (bu raqam onlayn ariza portaliga o`z arizasini muvaffaqiyatli topshirgan har bir nomzodga beriladi).

Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida bo`lishi, boshqa tilda bo`lgan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi zarur.

Grant haqidagi to`liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

E-mail: imprs2019@icem.pg.ed

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!