×

International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 150 ta!


Grant

MUHLAT

13.05.2024

QOLGAN VAQT

46 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

8415 marta

Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida joylashgan The University of Sheffield oliygohi International Merit Postgraduate Scholarship 2024 dasturini taklif qiladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant universitetga hujjat topshirgan chet ellik 125 nafar talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun beriladi.

Grant universitetning 2024-yilning kuzida boshlanadigan magistratura (postgraduate taught programme) bosqichiga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi.

Maʼlumot uchun: Bu universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan 2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 104-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Magistratura yoʻnalishlarida oʻqish haqi har bir kursning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan 125 nafar nomzod kontrakt puli uchun 5000 funt-sterling chegirmaga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Buyuk Britaniyadan boshqa barcha davlatlardan boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning 2024-yil sentyabrdan boshlanadigan magistratura kurslaridan biriga ariza topshirib, oʻqishga kirishi yoki oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Masofaviy taʼlim asosida oʻqiydigan talabalar ushbu grantga ariza bera olmaydi.
  • Talaba uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida oʻqishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Masofaviy oʻqitiladigan kurslarga mazkur grant taqdim etilmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod kontrakt pulini toʻliq toʻlaydigan talaba statusida boʻlishi (yaʼni boshqa imtiyozlardan foydalanmayotgan) kerak.
  • Nomzod universitetning boshqa grantlarini yutib olsa, ayrim hollarda faqat bitta grantni tanlashiga toʻgʻri keladi (baʼzi hollarda ikkala grantni ham olish mumkin).
  • Nomzod boshqa tashkilotlardan kontrakt pulini toʻliq qoplaydigan miqdorda stipendiya olmayotgan boʻlishi zarur.
  • Crossways va Erasmus Mundus kurslari uchun mazkur grant taqdim qilinmaydi.
  • Yarmi Sheffild universitetida, qolgan yarmi hamkor universitetda oʻqiladigan magistrlik dasturlari uchun mazkur grant berilmaydi (talaba butun kursni Sheffild universitetida oʻqishi kerak).
  • Shuningdek, grant quyidagi kurslarga berilmaydi:
    – DClinDent Orthodontics
    – MClinDent in Orthodontics
    – DClinDent Endodontics
    – MClinDent in Paediatric Dentistry
    – DClinDent Periodontics
    – MMedSci in Diagnostic Oral Pathology
    – DClinDent Prosthodontics

MUHIM: Yuqorida umumiy talablar keltirilgan. Barcha talab va cheklovlar bilan shu yerda batafsil tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant taqdim qilinishi uchun 2024-yil kuzidan boshlanadigan tegishli magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirib, qabul qilinishingiz kerak boʻladi. Grantga arizalar 2024-yil kuz fasli oxirlaridan boshlab SHU YERDA qabul qilinadi (“Apply here” tugmasini bosing).

Magistratura qabulda quyidagi hujjatlar soʻraladi:

  • Onlayn ariz. Arizada soʻralgan maʼlumotlar kiritiladi va insholar yoziladi.
  • Diplom va diplom ilovasi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Resume.
  • Ingliz tili testi sertifikati (odatda IELTS 7 soʻraladi).
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Magistraturaga hujhat topshirish uchun kurslar roʻyxatiga kirib, kerakli kursni tanlang va Apply Now tugmasini bosing.

Grant boʻyicha natijalar 2024-yilning 10-iyunigacha eʼlon qilinadi.

MUHIM: Grantga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!