×

International Photo Contest 2019: Butunjahon fotosuratlar tanlovida ishtirok eting!


Grant

MUHLAT

15.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1790 marta

GEJ tomonidan moliyalashtirilgan va BMTTD/JST/CHCC tomonidan Gana, Madagaskar, Tanzaniya va Zambiya davlatlarida amalga oshirilayotgan “Afrikaning sogʻliqni saqlash sektorida barqaror organik ifloslantiruvchi tashlamalar va simobning beixtiyor atrof-muhitga chiqarilishini qisqartirish” loyihasi hamda Madagaskar Respublikasining Atrof muhit va barqaror rivojlanish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorlikda barcha faol yoshlarni International Photo Contest 2019: Butunjahon fotosuratlar tanlovida qatnashishga taklif qiladi. Tanlov haqida Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil qilingan BRS konvensiyalari boʻyicha tomonlar konferyensiyasida eʼlon qilindi. Tanlovda Professional va havaskor fotosuratchilar; Sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda rivojlanayotgan davlatlardagi ayollar va yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov vizual va badiiy vositalar yordamida tibbiyot chiqindilarini boshqarish masalasida xabardorlikni oshirish va kelajakda ekologik toza tibbiyotga erishish uchun tibbiyot chiqindilarini boshqarish sohasidagi ilgʻor tajribalarni ilgari surish maqsadida tashkil etilgan.

Fotosuratlar quyidagi ikkita toifada qabul qilinadi:

1-toifa: “Insoniyat va Yer sayyorasi manfaati yoʻlida tibbiyot chiqindilari boshqaruvi”

  • Ushbu toifada ikkita gʻolib taqdirlanadi.

Bundan tashqari quyidagi maxsus nominatsiyalarda ijobiy tasvirlarni aks ettirgan fotosuratlar uchun qoʻshimcha sovrinlar taqdim qilinadi (har biriga bittadan):

  • “Tibbiyot chiqindilarini yoqishga muqobil boʻlgan yechimlar”
  • “Simobsiz sogʻliqni saqlash”
  • “Infeksiyalarni yaxshiroq oldini maqsadida tibbiyot chiqindilari boshqaruvi”
  • “Ayollar va tibbiyot chiqindilari”

2-toifa. “Men kelajakda xohlayotgan ekologik toza tibbiyot”

  • Ushbu toifada ikkita gʻolib taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor fotosuratchilar; Sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda rivojlanayotgan davlatlardagi ayollar va yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

  • 8 ta gʻolibga 400 AQSh dollarga teng vaucher/chek.
  • 30 ta eng zoʻr fotosuratlar mualliflariga sertifikatlar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Professional va havaskor fotosuratchilar, sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda rivojlanayotgan davlatlardagi ayollar va yoshlar qatnashish huquqiga ega.
  • Nomzod koʻpi bilan 2 tagacha fotosurat topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish dedlayn muddati 2019-yilning 15-iyuligacha. Ishtirok etish uchun onlayn tarzda ariza toʻldirish lozim.

Asosiy sanalar:

  • Ishtirok etish uchun arizalarni topshirish davri: 2019-yil 30-aprel – 15-iyul.
  • Xalqaro hayʼat aʼzolarining ovoz berishi: 2019-yil 15 – 22-iyul.
  • Tanlov gʻoliblarini eʼlon qilinishi: 2019-yil 22-iyul.

Ariza toʻldirish va hujjat topshirishga oid savollar tugʻilganda savol-javoblar sahifasi yoki questions@greenhealthcarewaste-photos.org; fitsum.habtemariam@undp.org manzillaridan aniqlang.

Nomzodlarni saralash

Fotosuratlarni baholash ikki bosqichda boʻlib oʻtadi:

Birinchi bosqich – dastlabki saralash. Agar qabul qilingan fotosuratlarning umumiy miqdori 30 tadan oshsa, u holda dastlabki saralash oʻtkaziladi. Ikkinchi bosqich uchun 30 ta gacha (20 ta fotosurat 1-toifa doirasida va 10 ta fotosurat – 2-toifa doirasida) fotosurat saralab olinadi.

Ikkinchi bosqich – xalqaro hayʼat aʼzolari tomonidan baholash va saralash. Turli davlatlardan taklif etilgan tashkilotchilar va ekspertlardan tashkil topgan xalqaro hayʼat aʼzolari tanlov gʻoliblarini har bir kategoriyada aniqlaydilar. Jami 4 ta asosiy (har bir kategoriyada 2 tadan) va maxsus nominatsiyalarda qoʻshimcha 4 ta gʻolib boʻladi.

Natijalar 2019-yil 22-iyulda eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

questions@greenhealthcarewaste-photos.org; fitsum.habtemariam@undp.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!