×

International Poster Triennial Toyama: posterlar tanlovida ishtirok eting va 9675 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

28.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1666 marta

Har uch yilda bir marta o’tkazib kelinadigan International Poster Triennial Toyama tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov bugungi kunda poster tayyorlash darajasini namoyish etish uchun tashkil etilgan. Tanlovda har uch yilda dunyoning barcha mamlakatlaridan yuborilgan, istalgan mavzudagi, eng yaxshi posterlari namoyish qilinadi. Bu safargi tanlov natijalari 2021-yil iyul-sentyabr oylarida tanlov tashkilotchisining Yaponiyadagi muzeyida bo’lib o’tadigan xalqaro posterlar ko’rgazmasida namoyish etiladi. Tanlovning bu yilgi umumiy mavzusi – Invisible.

Ishtirok etish uchun istalgan mavzuda tayyorlangan posterlarni jo’natish mumkin. Tanlovda bir nechta kategoriyalar bo’yicha ishtirok etish mumkin:

A/B kategoriyasi: bu kategoriya bo’yicha barcha mavzularda barcha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan va qog’oz nusxada chop etilgan posterlar qabul qilinadi.

U30+ Student kategoriyasi: 30 yoshgacha bo’lganlar va talabalar tomonidan, barcha mavzularda, elektron shaklda tayyorlangan posterlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

A/B kategoriyasi:

  • Asosiy sovrin – 1 000 000 yen (9 675 AQSh dollari) pul mukofoti. Bitta o’rin.
  • Oltin medal – 500 000 yen (4837 AQSh dollari) pul mukofoti. Ikkita o’rin.
  • Kumush medal – 300 000 yen (2902 AQSh dollari) pul mukofoti. Uchta o’rin.
  • Bronza medali – 100 000 yen (967 AQSh dollari) pul mukofoti. 8 ta o’rin.

U30+ Student kategoriyasi:

  • Oltin medal – 100 000 yen (967 AQSh dollari) pul mukofoti. Bitta o’rin.
  • Kumush medal – 50 000 yen (439 AQSh dollari) pul mukofoti. Uchta o’rin.
  • Bronza medali – sertifikat. O’nta o’rin.

Barcha g’oliblarning posterlari ko’rgazmada namoyish qilinadi.

Talablar:

  • Tanlovga istalgan mavzudagi qog’ozga chop etilgan (A/B kategoriyasi) yoki raqamli formatda tayyorlangan (U30+ Student) posterlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga topshirilgan posterlar 2018-yil may yoki undan keyin tayyorlangan bo’lishi zarur.
  • A/B kategoriyasiga bitta ishtirokchi 5 tagacha poster jo’natishi, shundan 3 tasi “Invisible” mavzusida bo’lishi mumkin.
  • U30+ Student kategoriyasiga bitta ishtirokchi yoki guruh tomonidan 3 tagacha poster jo’natilishi mumkin.
  • Pochta orqali jo’natilgan arizalar solingan konvert ustiga “Printed Matter. No Commercial Value” deb yozilishi kerak. Pochta xizmati to’lovini ishtirokchi amalga oshiradi. 
  • Tanlovga faqat ishtirokchi mualliflik  qilgan posterlar yuborilishi mumkin.
  • Ikkala kategoriya uchun tayyorlangan posterlarning o’lchamlari va ularga qo’yilgan boshqa texnik talablar bilan tanlov nizomida tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 2021-yil 28-fevralgacha ariza berish mumkin. Hujjat topshirish uchun maxsus ariza shaklini to’ldirib, shaklda ko’rsatilgan manzilga jo’nating. 

Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Murojaat:

The Organizing Committee of IPT 2021

Toyama Prefectural Museum of Art and Design 

3-20 Kiba-machi, Toyama city

930-0806 JAPAN 

Tel: (+81)76-431-2711 Fax: (+81)76-431-2712 

https://tad-toyama.jp/en/ https://tad-toyama.jp/en/ipt

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!