×

International Regents Scholarship: AQShda bakalavr kurslari uchun 30 000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1467 marta

AQShda joylashgan xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri Augsburg University tomonidan taqdim etiladigan International Regents Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslarida o’qish niyatidagi xorijlik talabalar uchun ajratilgan. Augsburg universitetida mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga 4 yillik bakalavr kursi uchun har yili 30 000 AQSh dollari mablag’ ajratiladi. Agar talaba universitet yotoqxonasida yashamasa, grant 25 000 AQSh dollari etib belgilanadi.

Augsburg universitetida kontrakt to’lovi 40 000 AQSh dollaridan oshadi. Batafsil

Talablar:

  • Nomzod maktab/litsey/kollejni tamomlagan, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod kamida IELTS 6,5, TOEFL IBT 80 yoki Duolingo 105 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. 
  • SAT yoki ACT testi natijalari ixtiyoriy tarzda topshirilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi, bakalavr kurslariga ariza topshirish yetarli. Arizalar 1-dekabrgacha bu yerda topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Diplom va baholar;
  • Ingliz tili testi sertifikati;
  • Bitta tavsiyanoma.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil

Murojaat uchun: internationaladmissions@augsburg.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!