Yaponiyaning International Student Conference tashkiloti chet ellik talabalarni 2019-yil 21-avgustdan 2-sentyabrgacha boʻlib oʻtadigan “Embrace Diversity as Youths of Today and Driving Forces of Tomorrow” konferensiyasida qatnashishga taklif etadi. Dastur bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqiyotgan barcha talabalar uchun moʻljallangan. Konferensiya ingliz tilida olib boriladi. 14 kun davomida ishtirokchilar Yaponiyaga sayohat qilish va global muammolarni hal qilish boʻyicha fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Konferensiya quyidagi bo`limlar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- Table 1: The Global Refugee Crisis in the Japanese Context
- Table 2: The Feminist Perspectives on Wars and Conflicts
- Table 3: Freedom of Speech and its Restrictions in Todayʻs World
- Table 4: Economic Growth and Human Well-being
- Table 5: Mental Health Care -Creating a mentally healthy lifestyle for young people
- Table 6: Marine Plastic Pollution
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqiydigan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Konferensiyada qatnashish uchun chet ellik talaba 43 ming yena (taxminan 388 AQSh dollari) toʻlashi kerak. Ishtirokchilar turar joy, oziq-ovqat va tadbir bilan bog’liq mahalliy transport xarajatlari qoplab (ta’minlab) beriladi. Shuningdek, ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishiadi:
- Osaka, Kioto, Kobe, Nagoya, Kyusyu yoki Okayama shaharlaridan biriga sayohat qilish imkoni bor.
- Yuqorida koʻrsatilgan 6 ta bo`lim boʻyicha global muammolarni muhokama qilishda qatnashish va fikr almashish mumkin. Bunda har bitta bo`limda kamida 10 tadan talaba ishtirok etadi.
- Konferensiya doirasida “Yapon madaniyati kechasi” tashkil qilinadi. Bu kechada qatnashchilar yapon madaniyati, raqsi va hokazolar bilan tanishadilar.
- Konferensiya boshida va oxirida ishtirokchilar tantanali tadbirda qatnashadilar.
- Talabalar 20 dan ortiq davlatlardan kelgan ishtirokchilar bilan tanishadilar va fikrlashadilar.
Bundan tashqari, nomzodlar moddiy yordamga ham hujjat topshirishi mumkin. Moddiy yordam yutib olgan nomzodga 30 ming yena (taxminan 270 AQSh dollari) pul mab’lagi ham beriladi.
*Ishtirokchilar tibbiy sugʻurta, viza, aviachipta kabi boshqa xarajatlarini oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzodning yoshi 18 dan 30 gacha boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichlaridan birida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Yaponiyaga kelish uchun nomzodning ota-onasi ruxsat berishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
- Nomzod konferensiyada koʻrib chiqiladigan mavzular boʻyicha bilimga ega, intiluvchan, faol boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2019-yil 16-martga qadar qabul qilinadi.
Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich:
Birinchi bosqichda konferensiyada qatnashishga ariza topshirish lozim.
Arizani yuklab olib, toʻldiramiz. Unga surat biriktiramiz. Arizani toʻldirishda quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi zarur:
- Shaxsiy maʼlumotlar.
- Konferensiyaning qaysi bo`limsida qatnashish haqida maʼlumot.
- Maʼlumotga egalik.
- Arizada konferensiya mavzulari boʻyicha savollar va javob yozishda ishlatiladigan soʻzlar limiti berilgan. Savollarga javob berish lozim.
- Grantga arizani yuklab olib, toʻldiramiz.
- Google account orqali konferensiyada ishtirok etish shaklini toʻldiramiz. Toʻldirilgan arizalarni shu shaklga qoʻshib joʻnatish kerak.
Ikkinchi bosqich:
Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar ikkinchi bosqichga qoʻyiladi. Bunda nomzod Skype orqali suhbatdan oʻtadi.
Birinchi bosqich yakunlari 2019-yil 17-20-mart kunlari elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Ikkinchi bosqich natijalari va saralashdan oʻtgan stipendiatlarga 2019-yil 31-martgacha elektron pochta orqali xat joʻnatiladi.
Bogʻlanish uchun: isc65.international.app@gmail.com