×

Ozarbayjon: Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik mavzusidagi xalqaro talabalar forumi!


Grant

MUHLAT

13.10.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

3013 marta

Ozarbayjondagi “Bir Könüllü – One volunteer” talabalar jamoat birlashmasi Ozarbayjon Yoshlar jamgʻarmasi homiyligida Xalqaro talabalar forumini tashkillashtirmoqda. Forumning maqsadi yosh olim hamda talabalarni ozar va boshqa xalqaro ekspertlar bilan birga tinchlik va xavfsizlik muammolarini muhokama qilish, muhokama va seminarlar orqali ehtimoliy yechimlarni ishlab chiqish uchun fikr almashishi taʼminlashdir.

Forum 2022-yil 23-28-noyabr kunlari Boku va Shusha shaharlarida boʻlib oʻtadi.

3 kunlik muhokama va seminarlardan keyin ishtirokchilar bildirilgan gʻoya hamda fikrlarga asoslanib tegishli mavzular haqida qisqa ilmiy maqolalar yoki yechim takliflari yozadi. Eng yaxshi maqolalar mukofotlanadi va takliflar tashkilotga qarashli manbalarda chop etiladi.

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

20-29 yoshli magistratura, PhD talabalari va bakalavriatning oxirgi kurs talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq qoplanadi.
  • Safar (Ozarbayjonga borish va kelish) xarajatlarining 70% qismi qoplanadi.
  • Eng yaxshi maqolalar mukofotlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar magistratura, PhD bosqichi yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan 20-29 yoshli talaba boʻlishi kerak.
  • Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin. Lekin quyidagi sohalar boʻyicha tahsil olayotgan talabalarga saralashda ustunlik beriladi: xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, tinchlik va ziddiyatlar, inson huquqlari, xalqaro diplomatiya, xalqaro huquq, ijtimoiy fanlar, davlat siyosati va boshqaruvi, jurnalistika, kommunikatsiyalar va media.
  • Shuningdek akademik yozish koʻnikmalari yaxshi rivojlangan nomzodlarga ham saralashda ustunlik beriladi (bu koʻnikmalar topshirilgan arizalar orqali baholanadi).
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 12-oktabr 22:59 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (sahifaga kirib, pastga tushing va “Next” tugmasini bosing). Ariza topshirish uchun Gmail hisobiga (elektron pochta manziliga) ega boʻlishingiz kerak.

Arizada soʻralgan maʼlumot va fayllar kiritilishi hamda yuklanishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin forum haqidagi rasmiy maʼlumot bilan toʻliq tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!