×

International Student Travel Video Contest: Talabalalar uchun mukofot jamgʻarmasi 5 720 AQSh dollar boʻlgan tanlov!


Grant

MUHLAT

13.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Istalgan davlatda

O'QILGAN

1652 marta

International Student tashkiloti navbatdagi 15-Travel Video Contest tanlov dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur barcha talabalar uchun moʻljallangan. Tanlovning bu yilgi mavzusi: TVC 2020: Life After Lockdown.

Tanlovda ishtirok etuvchilar 2 daqiqalik videoda COVID-19 pandemiyasining ta’lim va madaniyatda ta’siri va pandemiyadan keyin hayot qanday boʻlishi haqida fikrlarini bildirishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblariga turli hajmdagi pul mablagʻlari beriladi. Mukofot hajmi quyidagicha:

  • Birinchi oʻrin4 000 USD
  • Ikkinchi oʻrin: 500 USD
  • Uchinchi oʻrin250 USD
  • Tomoshabinlar tanlagan gʻolib: 1 000 USD.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari qatnashishlari mumkin.
  2. Nomzod talaba (almashuv dasturi talabasi, xalqaro talaba) boʻlishi lozim.
  3. Nomzod 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod InternationalStudent.com video tanlovi uchun maxsus sayohat videosini yaratishi kerak.
  5. Nomzod taqdim etgan videoning maksimal hajmi 2 minutdan oshmasligi kerak.
  6. Nomzod yaratgan video quyidagi 3 platformadan biriga yuklanishi kerak: YouTube, Vimeo yoki DailyMotion.
  7. Nomzod 2 daqiqalik videoda COVID-19 pandemiyasining ta’lim va madaniyatda ta’siri va pandemiyadan keyin hayot qanday boʻlishi haqida fikrlarini bildirishi kerak

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga hujjat topshirish onlayn tarzda 2020-yil 13-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

  • Koʻchirilgan va asl boʻlmagan gʻoyalar qabul qilinmaydi.
  • Ariza topshirish jarayonida video joylashgan manzilga havola koʻrsatilishi kerak.
  • Avvalgi yilgi gʻolib bo’lgan videolar bilan: shu yerda  tanishing.
  • Gʻoliblar 2020-yilning 20-noyabrida tashkilotchi rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Hujjat topshirish haqida barcha ma’lumot: shu yerda va shu yerda berilgan.

Ma’lumot uchun:

InternationalStudent.com

224 First Street

Neptune Beach, FL 32266

© 2020 Envisage International Corporation

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!