×

Eronda talabalar va yosh mutaxassislar haftaligi: qatnashish bepul, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq qoplanadi!


Grant

MUHLAT

10.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

9661 marta

“International Student Week in Iran 2022 (ISW-Iran)”Eronning poytaxti Tehron shahrida joylashgan Gʻarbiy Osiyo rivojlanish instituti va Tehron universiteti tomonidan tashkillashtiriladigan ilmiy-madaniy tadbirdir.

Dasturning maqsadi – butun dunyodagi yoshlarni birlashtirish va ularni bir-biri bilan tanishishi hamda madaniy almashinuv, shuningdek, muhokama va global muammolarni yechish boʻyicha gʻoyalar ustida ishlash uchun platforma sifatida xizmat qilishdir.

Ushbu tadbir 2022-yilning 10-13-sentabr kunlari Tehron universitetida boʻlib oʻtadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar eronlik va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan birga ish olib boradi. Shuningdek, qatnashchilar Eronning tabiiy goʻzalligi va boy madaniyatini kashf qilish imkoniga ega boʻladi.

Tadbir mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

2020-yilda mazkur tadbirga dunyoning turli davlatlaridan 35 nafar ishtirokchi qabul qilingan.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshli talabalar, yaqinda OTMni bitirganlar, yosh mutaxassislar, faollar va yetakchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadbirga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Taniqli xalqaro olim va professionallarning maʼruzalari, interaktiv muhokamalarida ishtirok etish va turli diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish.
  • Turli mashgʻulotlar orqali Eron madaniyati va tabiatini kashf etish imkoniyati.
  • Turli millat va madaniyat vakillari bilan muloqotda boʻlish.
  • Dasturda bepul qatnashish (dastur qabul qilingan barcha uchun).
  • Barcha ishtirokchilar uchun uch mahal ovqat va kofe-breklar bepul taʼminlanadi.
  • Dastur davomida bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Tehronda bepul ekskursiyalarga qatnashish.
  • Turli sport muassasalaridan bepul foydalanish (basseyn, fitnes zal va hk.).
  • Sovgʻalar va suvinerlar.

Nomzodlar Eronga borish va kelish, viza hamda sugʻurta (agar zarur boʻlsa) xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlatdan boʻlgan yosh mutaxassislar, bitiruvchilar yetakchilar va talabalar ariza topshira oladi.
  • Nomzod istalgan soha vakili/talabasi boʻlishi mumkin.
  • Kamida 18, koʻpi bilan 35 yosh boʻlish lozim.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yilning 10-avgustiga qadar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Arizani toʻldirishda shxasiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga berilgan savollarga ham javob berish kerak boʻladi. Qabul qilinganlarga 2022-yilning 15-avgustgacha email orqali xabar qilinadi.

Dastur uchun qabul qilinganlar Tehron universitetida 2022-yilning 10-13-sentabrida boʻlib oʻtadigan tadbirga taklif etiladi.

Tadbir tashkilotchilari ishtirokchilarga viza jarayonlarida yordam beradi. Maʼlumot uchun: Eron vizasi elektron boʻlib, pasport muhr yoki viza urdirishni talab etmaydi.

Tadbir COVID-19 virusini hisobga olib, shunga mos sharoitlarda olib boriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!