×

International Summer University Kassel: Germaniyada bir oylik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

6015 marta

International Summer University Kassel – Kassel Xalqaro yozgi universiteti 18 yoshdan oshgan, turli sohalar, ayniqsa, muhandislik va madaniyatshunoslik boʻyicha tahsil olayotgan talabalarni oʻzining yozgi maktabida ishtirok etishga taklif etadi. Dastur Germaniyaning Gessen viloyatidagi Kassel universitetida 2022-yilning 18-iyunidan 16-iyuligacha (taxminan toʻrt hafta) boʻlib oʻtadi. Dastur davomida ishtirokchilar qisqa modullarga boʻlingan seminarlar, ekskursiya va nemis tili kurslarida qatnashishlari mumkin. Seminarlar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek ishtirokchilar nemis tili kurslarida ham qatnashishlari mumkin. Dastur davomida ishtirokchilar mahalliy nemis oilalariga joylashadi.

Dasturda qatnashish uchun 2190 yevro toʻlash kerak. 2021-yil 1-aprelgacha pul toʻlagan nomzodlarga 200 yevro chegirma bor.

Grant kimlar uchun?

Muhandislik va madaniyatshunoslik sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga kuchli motivatsiya xati topshirgan va qatnashish istagi yuqori bo’lgan nomzodlarga grant beriladi. Grant dastur kontrakt to’lovini va turar joy xarajatlarini qoplaydi. Oziq-ovqat, yashash xarajatlari, sayohat, aviachipta va boshqalarga to’lovlar qoplanmaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  • Nomzodkamida 18 yoshdan yosh boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursida oʻqiyotgan boʻlishi zarur.
  • Nomzodning baholari aʻlo boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod yangi muhitga tez oʻrgana oladigan va qiziquvchan boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar imzolangan ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni:

  • motivatsion xat;
  • oʻqiyotgan universitet oʻqituvchilaridan biri yozgan tavsiyanoma;
  • CV/rezyume;
  • baholar – ingliz tilida;
  • ingliz tili sertifikatini bitta PDF faylga joylashtirib joriy yilning 15-martiga qadar isu@unikassel.de elektron manziliga joʻnatishi kerak.

Shuningdek, ushbu dasturda qatnashish puliga grant olmoqchi bo’lganlar professordan yoki kamida doktorlik darajasiga ega lektordan bitta tavsiyanoma olib, uni ham yuqoridagi hujjatlar bilan birga yuborishi kerak.

*Dasturda qatnashish uchun barcha arizalar formalarini SHU YERDAN yuklab olib, toʻldiriladi.

Nomzodlar muhandislik yoki madaniyat sohasi boʻyicha bilimlari, qiziqishi, yozgan motivatsion xati, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Grant haqidagi toʻliq maʻlumotni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki grant haqidagi maʻlumotnomadan olishingiz mumkin.

Natijalar dastur boshlanguncha elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!