×

International Summer University: Qozog’istonda barcha bosqich talabalari uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

24.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

4113 marta

Nemis-qozoq universiteti “Intermodal transport: Qozogʻiston uchun ekologik toza va foydali kelajak konsepsiyasi” mavzusida yozgi maktab tashkillashtirmoqda. Bu yozgi maktab Qozogʻistonning yuk tashishga oid muammolarni aniqlash va tahlil qilishga, shuningdek, intermodal transport xizmatini joriy etish boʻyicha eng yaxshi yechimlarni ishlab chiqishga moʻljallangan. Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yil 31-iyuldan 11-avgustga qadar Olmaota shahridagi Nemis-qozoq universitetida ingliz tilida olib boriladi.

Yozgi maktab ikkita tematik moduldan iborat:

  • Logistika masalalari. Bu modul Darmshtadt texnologiya universitetining korporativ boshqaruv va logistika kafedrasi ilmiy xodimi, magistr Yoxannes Rentshler tomonidan olib boriladi.
  • Iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy masalalari. Lyubek texnologiya universitetining moliya va xalqaro kapital bozorlari professori, professor doktor Lif X. Dierks tomonidan olib boriladi.

Ishtirokchilar turli koʻrgazma va togʻlarga sayohatlar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish, interaktiv va gid bilan tashriflar kabi turli tadbirlarda qatnashadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mablagʻlar mavjudligiga qarab, dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Markaziy Osiyodagi hududlardan Qozogʻiztonga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi. Bunda eng arzon qatnov xarajati hisobga olinadi.
  • Ishtirokchilar 14 kun davomida (sayohat kunlari hisobiga 2 kun qoʻshimcha) bepul turar joy taʼminlanadi. 
  • Konferensiya davomida bepul oziq-ovqat taʼminlanadi (faqat kechki ovqat taʼminlanmaydi).

Markaziy Osiyoda talabalari dasturda qatnashish uchun 50 000 tenge (taxminan 1 271 588 soʻm) toʻlab ham ishtirok etishi mumkin. Bunda toʻlov yozgi universitetning birinchi kunida toʻlanishi kerak. Bunday talabalarga xalqaro safar masalalarini tartibga solish va qulay narxda turar joy bilan taʼminlashda yordam berilishi mumkin.

Shuningdek, yozgi maktabni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng ishtirokchilarga kurs mavzusi yozilgan (3 kreditli) sertifikat taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda yozgi maktab mavzusi boʻyicha qiziqish va tajribaga ega bakalavr, magistr va PhD talabalari ishtirok etishi mumkin.
  • Dastur ingliz tilida olib borilgani sabab ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar 2023-yil 24-maygacha kerakli hujjatlarni int_office@dku.kz elektron manzilga yuborishlari lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat. Agar mavjud boʻlsa, ingliz tili boʻyicha xalqaro imtihon (IELTS, TOEFL va h.k.) natijalarini taqdim qiling. 
  • 300 soʻzdan iborat motivatsion xat.
  • Universitetdan talaba ekanlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
  • Toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab oling.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing. 

Savollar yuzasidan int_office@dku.kz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!