Buyuk Britaniyada joylashgan University of Winchester tomonidan taqdim etiladigan International Taught Masters Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Vinchester universiteti magistratura kurslariga qabul qilingan qobiliyatli xorijlik talabalarga beriladi. Universitetda mavjud kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing (ro’yxatda magistratura kurslari ham bor).
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
International Taught Masters Scholarship grantini yutib olgan talabaga magistratura kursi uchun 1000 funt sterling grant ajratiladi. Kontrakt to’lovi qancha?
Talablar:
- Grantni yutib olish uchun nomzod Vinchester universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari asosan a’lo bo’lishi kerak.
- Nomzod o’qigan bakalavr kursi hujjat topshirayotgan magistratura kursi yo’nalishiga mos bo’lishi kerak. Ba’zi kurslarga qabul qilinish uchun turdosh bakalavr diplomi talab etilmaydi. Bu borada to’liq ma’lumotni o’zingizni qiziqtirgan magistratura kursi sahifasidan olishingiz mumkin.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Magistratura kurslariga qabul uchun kamida IELTS 6.5 (writing qismidan kamida 5.5 ball bo’lishi kerak) yoki TOEFL IBT 79 (writing qismi kamida 18 ball bo’lishi kerak) talab etiladi. Batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
International Taught Masters Scholarship grantini yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi. Magistratura kurslariga hujjat topshirgan va qabul qilingan barcha nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Lekin grantni yutib olish uchun magistratura kurslariga 2020-yil 31-avgustgacha ariza topshirish kerak. Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda yozilgan. Ariza topshirilgach, sizga berilgan ID raqami va kerakli hujjatlarni admissions@winchester.ac.uk elektron manziliga yuboring.
Kerakli hujjatlar:
- Diplom va baholar;
- Ingliz tili testi sertifikati;
- Pasport nusxasi. Bunda Buyuk Britaniyaga olingan viza sahifalari ham nusxalab jo’natilishi kerak.
Ma’lumot uchun international@winchester.ac.uk elektron manziliga murojaat qiling.