×

International Wildbird Photo Competition: Qushlarni suratga olib, 1500 yevrogacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

04.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

4834 marta

Har yili Qushlar va tabiat festivali doirasida oʻtkaziladigan Xalqaro yovvoyi qushlar fototanlovining navbatdagi mavsumiga suratlarlar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlov havaskor hamda professional fotograflarni qushlar haqidagi bilimlarni oshirish va shu orqali ularni himoya qilish harakatini ragʻbatlantirish maqsadida suratkashlikdan taʼlim va ijodkorlik vositasi sifatida foydalanishga chaqiradi.

Mazkur tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:

  • 15-17 yoshlilar kategoriyasi
  • 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi

18 yosh va undan kattalar quyidagi turkumlar boʻyicha oʻz suratlarini topshirishi mumkin:

  • Qush portreti
  • Qush oʻz muhitida
  • Qush xulq-atvori
  • Parvoz qilayotgan qush
  • Qushlarga ijodkorona qarash

15-17 yoshlilar kategoriyasi uchun alohida “Yosh iqtidor” turkumi mavjud. Bunda ishtirokchilar oʻzlari olgan yovvoyi qushlar suratlarini topshirishi va “Yosh iqtidor” turkumi gʻolibi boʻlishi mumkin.

Gʻolib suratlar 2024-yil 20-28-april kunlari boʻlib oʻtadigan 33-Xalqaro yovvoyi qushlar va tabiat festivalida namoyish qilinadi.

Grant kimlar uchun?

15 yosh va undan kattalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  • Oliy oʻrin – 1500 yevro.
  • 18 yosh va undan kattalar kategoriyasidagi har bir turkum boʻyicha 1-oʻrinlarga – 800 yevrodan.
  • “Yosh iqtidor” turkumi boʻyicha 1-oʻrin – 800 yevro.
  • Jamoatchilik mukofoti gʻolibiga 500 yevro.

Shuningdek gʻoliblarning barchasi Fransiyaning Abvil shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi va har bir gʻolib oʻzi bilan bir kishini olib borishi mumkin. Taqdirlash marosimiga qatnashish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi (gʻolib bilan birga boradigan kishi uchun ham):

  • Tushlik taklif etiladigan mehmonxonada 1 kecha qolish uchun bepul xona.
  • Parij-Abvil-Parij qatnovi boʻyicha poyezd chiptasiga yetarli mablagʻ beriladi. Bu mablagʻ festivaldan keyin gʻoliblarga bank orqali oʻtkazib beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlatdan boʻlgan havaskor va professional suratkashlar qatnashishi mumkin.
  • 15 yosh va undan kattalar qatnasha oladi.
  • 15-17 yoshlilar kategoriyasi boʻyicha qatnashish uchun nomzod 2023-yil 4-dekabr soat 10:00 holatiga koʻra 15 yoshdan kichik va 17 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  • Festival jamoasi aʼzolari va baholovchi hakamlar tanlovda qatnasha olmaydi.
  • Suratlar yovvoyi tabiatni asrashga oid qonunlarga muvofiq tarzda olingan boʻlishi lozim. Yaʼni qushlarning salomatligiga salbiy taʼsir qilmaydigan, ularga zarar yetkazmaydigan, yashash joylarini vayron qilmaydigan holda olinishi kerak.
  • Xonaki, oʻrgatilgan yoki qafasda saqlanadigan qushlarning suratlari qabul qilinmaydi.
  • Chaqnoq (flash) bilan, dronlar orqali olingan rasmlar qabul qilinmaydi.
  • Har bir ishtirokchi 10 tagacha surat topshirishi mumkin.

Topshiriladigan suratlar quyidagi texnik talablarga mos boʻlishi lozim:

  • JPEG formatda boʻlishi kerak.
  • Hoshiya, imzo yoki yon tomondan qoldiriladigan boʻshliqlar boʻlmasligi kerak.
  • Tomonlar nisbati 3:2 boʻlishi kerak.
  • Surat tomonlari nisbati 3:2 boʻlishi, uzun tomoni aynan 3500 piksel boʻlishi lozim (qisqa tomoni 2333 piksel atrofida boʻlishi kerak).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2023-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi. 15-17 yoshlilar tanlovda bepul qatnashadi. 18 va undan katta yoshlilar uchun qatnashish pullik (har bir surat uchun 2 yevrodan toʻlov qilinadi).

Ariza topshirish uchun BU YERGA kiring va tegishli turkumni (15-17 yoshlilar turkumi yoki 18 yosh va undan kattalar turkumi) tanlang. Suratlarni topshirish uchun avval roʻyxatdan oʻtish lozim.

MUHIM: Tanlovda ishtirok etishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!