×

International Young Eco-Hero Awards: 8-16 yoshli bolalar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi!


Grant

MUHLAT

28.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3807 marta

AQSHd joylashgan Action For Nature (AFN) notijorat tashkiloti har yili International Young Eco-Hero Awards tanlovini oʻtkazib keladi. Bu tanlov 8-16 yoshli bolalarning tabiatni himoya qilish hamda asrashga qaratilgan muvaffaqiyatli individual tashabbuslarini / loyihalarini eʼtirof etish va mukofotlash maqsadida tashkil etilgan.

Hozirda ushbu tanlovning 2024-yilgi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

Avvalgi yillardagi tanlov gʻoliblari va ularning loyihalari bilan BU YERDA tanishing (chap yon tomonda).

Grant kimlar uchun?

8-16 yoshli bolalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  • 500 dollargacha pul mukofoti
  • Maxsus sertifikat
  • Gʻoliblar va ularning loyihalari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi
  • Eco-Hero Alumni Facebook guruhiga qoʻshilish imkoniyati taqdim etiladi

Talablar:

Tanlovda qatnashish uchun qoʻyilgan talab va shartlar quyidagicha:

  • Ttabiiy olam himoyasi, tadqiqoti yoki targʻibotiga oid loyihalar bilan qatnashish mumkin.
  • Loyiha harakat va ishtirokchilarning oʻz tashabbusiga asoslangan boʻlishi kerak, oʻqituvchi yoki boshqa masʼul shaxs tomonidan vaziga sifatida tayinlangan loyihalar qabul qilinmaydi.
  • Loyiha davomiyligi kamida 6 oy boʻlishi hamda yakunlanish arafasida yoki oxirgi bir yil ichida yakunlangan boʻlishi kerak.
  • Agar loyiha ixtirodan iborat boʻlsa, ariza berishdan oldin ayrim sinovlar oʻtkazilishi kerak.
  • Ariza beruvchilar 2024-yil 28-fevral holatiga koʻra, 8-16 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
  • Uy hayvonlari yoki tutqunlikda ushlab turilgan hayvonlarga oid loyihalar, insho yoki hisobotlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlovning avvalgi gʻoliblari, AFN kengashi aʼzolari, faol oʻqish paneli aʼzolari yoki hakamlar hamda ularning yaqin qarindoshlari qatnasha olmaydi.
  • Arizalar ingliz tilida topshirilishi lozim.

Talab va shartlar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (Project requirements).

Saralash jarayonida 2 yoki undan ortiq yil davom etgan / davom etayotgan loyihalarga ustunlik beriladi.

Arizalar bir qancha mezonlar asosida baholanadi, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda:

  • originalilik
  • qiyinlik darajasi
  • tashkiliy masalalar
  • loyihaga bagʻishlangan vaqt uzunligi
  • boshqalarga oʻtkazgan taʼsiri yoki bergan taʼlimi
  • tashqi manbalardan (masalan, kutubxona, ekspertlar, media, hamjamiyat yetakchilari) foydalanilgani
  • maqsadlarga erishishdagi muvaffaqiyat darajasi
  • atrof-muhitga taʼsiri

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

Nomzodlar ariza shaklida soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan bir qatorda loyihaga oid savollarga ham batafsil javob berishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasida quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: mail@actionfornature.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!