×

Rossiya: Zamonaviy musulmon madaniyati boʻyicha xalqaro yoshlar festivali; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

25.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2116 marta

Tatariston Republikasi (Rossiya) Yoshlar masalalari vazirligi va Islom hamkorligi Yoshlar forumi hamklorlikda Zamonaviy musulmon madaniyati boʻyicha xalqaro yoshlar festivalini tashkil qilmoqda. Ushbu festival 2022-yil 25-30 oktabr kunlari Qozon shahrida (Tatariston) boʻlib oʻtadi.

Festivalning asosiy maqsadi – turli seminar va mashgʻulotlar orqali Rossiya hududlari hamda Islom hamkorlik tashkiloti davlatlaridan boʻlgan 18-35 yoshli origal mualliflar, ijrochilar ijodkor jamoalarni aniqlash va qoʻllab quvvatlashdan iborat.

Shuningdek festival yoshlar orasida mintaqaviy aloqalarni shakllantirish, yosh iqtidorlarni zamonaviy musulmob madaniyatiga mazmunli hissa  qoʻshish imkoni bilan taʼminlash va shu kabi boshqa vazifalarni ham oʻz oldiga qoʻygan. Festival vazifalari bilan BU YERDA batafsil tanishing (Objectives).

Festivalga quyidagi kategoriyalardan biri boʻyicha ariza topshirish mumkin:

  • Teatr va original janr
  • Xoreografiya
  • Musiqa
  • Nafis sanʼat
  • Kino

Festival mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi. Festivalga yakka tarzda yoki jamoa boʻlib qatnashish uchun ariza berish mumkin.

Ushbu 5 kunlik festival dastuuri gala-konsertga tayyorgarlik koʻrish hamda mahorat darslari, madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar, turli mamlakatlardan boʻlgan ishtirokchilar bilan madaniy almashinuvlar kabi taʼlimiy dasturdan iborat boʻladi. Ekpertlar har bir kategorya boʻyicha festival gʻoliblarini aniqlaydi.

 

 

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Safar xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va festivalga qatnashish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
  • Shuningdek mashgʻulotlarda toʻliq qatnashgan ishtirokchilar festival soʻngida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Rossiya, Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari va boshqa davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • 18-35 yosh oralgʻida boʻlish kerak.
  • Festival kategoriyalaridan biri (teatr va original janr, xoreografiya, musiqa, sanʼat, kino) bilan milliy yoki xalqaro darajada shugʻullanishi kerak.
  • Madaniy mashgʻulotlarga ishtiyoqi va motivatsiyasi kuchli boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 25-sentabrgacha BU YERDA onlayn arizani toʻldirishi va topshirishi lozim. Ariza toʻldirish jarayonida soʻralgan maʼlumot va fayllar kiritilishi hamda yuklanishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Ms. Luiza Karimova, Programme Coordinator:
Email: kazan@oicyouthcapital.com; Phone:+7 917-749-60-55

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!