×

Buyuk Britaniya: bakalavr, magistratura va doktorantura uchun 50ta qisman grant!


Grant

MUHLAT

25.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3532 marta

Buyuk Britaniya poytaxtida joylashgan G’arbiy London Universiteti (University of West London) bakalavr va keyingi bosqichlar uchun ajratilgan International Ambassador Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu grant dasturi universitet targ’ibot ishlarini olib borish niyatidagi iqtidorli talabalar uchun ajratilgan bo’lib, undan maqsad talabalarni rag’batlantirish. Dastur bo’yicha 50 tagacha grant ajtilgan. Grantlar 2019-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun beriladi. University of West London’da juda turli yo’nalishlarda juda ko’p kurslar o’qitiladi, ular quyidagi asosiy fakultetlar tarkibiga kiradi:

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va keyingi bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant talaba kontraktini yengillashtirish uchun tashkil etilgan va shu maqsadda ishlatiladi. International Ambassador grantini yutib olgan talabalarga o’qishning faqat birinchi yili uchun 5000 AQSh dollarigacha grant beriladi.

University of West London bakalar kurslarida yillik kontrakt 12000 funt sterling atrofida bo’ladi. Bakalavrdan keyingi darajalar uchun kontraktlar kurs va nomzoddan kelib chiqib belgilanadi, shuning uchun qancha kontrakt to’lashni +44 (0)20 8231 2468 raqamiga murojaat qilib bilish kerak.

Talablar:

Bu grantga ariza berishdan oldin nomzod University of West London bakalavr yoki keyingi bosqich kurslaridan biriga o’qishga taklif qilingan bo’lishi shart. Ya’ni, nomzod oldin Universitetga hujjat topshirishi, kirgandan keyingina grant uchun ariza berishi kerak bo’ladi. Grant taqdim etilgan talaba o’qish davomida jamoatchilik va targ’ibot ishlarida faol qatnashishi talab etiladi.

University of West Londondagi bakalavr va undan yuqori kurslar uchun ingliz tilini CEFR B2 darajasida bilish zarur. Buni isbotlashda faqat IELTS sertifikati qabul qilinadi va nomzodning IELTS balli 6.0 dan kam bo’lmasligi kerak bo’ladi. Bunda testing qismlaridan 5.5 va undan yuqori ball olingan bo’lishi kerak. Barcha talablar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Universitetning O’zbekistonlik nomzodlar uchun belgilangan maxsus qabul talablari ham bo’lib, ular bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

International Ambassador grantini yutib olmoqchi bo’lsangiz, onlayn ariza topshirishingiz kerak bo’ladi. Arizani to’liq to’ldirib, 2018-yil 25-noyabrdan kechiktirmay int.app@uwl.ac.uk manziliga jo’nating. Universitetdagi kurslardan biriga hujjat topshirish uchun esa rasmiy saytdan foydalanishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun int.app@uwl.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan anishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!