×

INTERNATIONALE SCHILLERTAGE: Germaniyaning Mannheim shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan festival!


Grant

MUHLAT

30.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

15212 marta

Internationale Schillertage festivali Germaniyaning Mannheim shahrida har yili ikki marotaba oʻtkaziluvchi madaniy tadbirlardan biri boʻlib, 1978-yildan beri Mannheim Milliy teatri tomonidan tashkil etilib kelinmoqda. Avvaliga teatr va madaniyatga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu festival hozirda fanlararo bilim va fikr almashish uchun xizmat qilmoqda.

Festivalning bu yilgi mavsumi “Beautiful world, there you are!” mavzusida boʻlib, 2023-yil 22-iyundan 2-iyulga qadar Germaniyaning Mannheim shahrida nemis, fransuz va ingliz tillarida boʻlib oʻtadi. Dastur davomida ishtirokchilar sanʼat va siyosatga bagʻishlangan turli seminar, tadbir va koʻrgazmalarda qatnashadi hamda sanʼat ixlosmandlari, qolaversa, tashkilotchilar bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Festival va uning mavzusiga qiziquvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning barcha ishtirokchilariga stipendiya aratiladi va bu stipendiya quyidagilarni qamrab oladi:

  • Safar va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Ishtirokchilarga Mannheim shahridagi nemis mezbon oila uyidan joy beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda talabalar, sanʼat va madaniyat sohasidagi mutaxassislar, qolaversa, festival hamd auning mavzusiga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Festival nemis, fransuz va ingliz tillarida boʻlib oʻtayotgani bois ishtirokchilar ushbu tillarning kamida bittasini yetarlicha bilishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar taxminan 1 sahifadan iborat motivatsion xat yozishlari kerak. Motivatsion xatda quyidagilar savollarga batafsil javob berish tavsiya etiladi:

  • Amaliy sanʼat, badiiy, ilmiy, tanqidiy sohalarda qanday tajribaga egasiz hamda hozir qanday mavzu ustida ishlayapsiz?
  • Nima uchun festivalda ishtirok etmoqchisiz?

Ushbu motivatsion xatlar 2023-yil 30-aprelga qadar ntm.festivalakademie@mannheim.de elektron manziliga yuborilishi kerak.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval dastur va uning talablari bilan ingliz tilida yoki nemis tilida batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!