×

Internet of Things magistratura kurslarida o’qish uchun 30% gacha grant va qo’shimcha 3472 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

30.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2434 marta

Avstraliyada joylashgan La Trobe Universiteti magistratura kurslarida o’qish uchun beriladigan Master of Internet of Things Scholarship – International grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi Master of Internet of Things magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli va eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga beriladi. Grantlarni La Trobe universiteti Bendigo kampusida o’qish uchun yutib olish mumkin.

Internet of Things o’zi nima?

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talaba uchun Master of Internet of Things magistratura kursi o’qish to’lovining 30% gacha qismi kurs tugagunicha har yili to’lab beriladi va qo’shimcha 5000 Avstraliya dollari (taxminan 3472 AQSh dollari) mablag’ beriladi.

O’qish to’lovi yiliga 38400 Avstraliya dollariga (taxminan 26668 AQSh dollari) teng.

Talablar:

Magistratura kurslari uchun:

  1. Nomzod matematika, hisoblash yoki diskret matematika bo’yicha bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur.
  2. Nomzodning baholari 55 (100 dan) balldan yuqori bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va o’zi hujjat topshirayotgan kursning qabul uchun ingliz tili talablariga to’liq mos bo’lishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 talab etiladi (bunda testning barcha qismlaridan 6.0 yoki undan yuqori ball to’plangan bo’lishi kerak). Batafsil
  4. Grant taqdim etilgan talabaning baholari o’qish davomida ham pasayib ketmasligi kerak. Barcha talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Master of Internet of Things Scholarship – International grantini yutish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Master of Internet of Things magistratura kursiga hujjat topshirsangiz kifoya. Agar o’qishga qabul qilinsangiz va ko’rsatkichlaringiz boshqa talabalarnikidan yuqori bo’lib chiqsa, sizga grant belgilanadi. Arizalar 2020-yil 31-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Kurs haqida batafsil

Savol va murojaatlar bilan LTIRecruitment@latrobe.edu.au manziliga xabar yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!