×

IOE Centenary Masters Scholarships: Britaniyada oʻqish uchun toʻliq grant va bepul turar joy!


Grant

MUHLAT

03.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2093 marta

Buyuk Britaniyada (London) joylashgan UCL Institute of Education oliygohi magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilardan IOE Centenary Masters Scholarships grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant oʻz mamlakatida yoki boshqa davlatda ijtimoiy himoyaga muhtoj (disadvantaged), ijtimoiy jihatdan chetlashtirilgan (excluded) va oʻz imkoniyatlaridan past darajada oʻqiydigan/ishlaydigan (underachieving) shaxslarning sharotini yaxshilash ustida ishlashni maqsad qilgan talabalarga ajratiladi.

Institute of Education oliygohi University College London universiteti tarkibiga kiradi. University College London esa dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, QS reytingi boʻyicha, 2021-yil mart oyi holatiga koʻra, University College London dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatida 10-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Magistraturada oʻqish uchun 1 yillik kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi (magistratura kurslarining aksariyatida oʻqish 1 yil davom etadi. Baʼzi magistrlik kurslarida 2 yoki 3 yil boʻlishi mumkin).
  • Universitet yotoqxonasidan bepul turar joy beriladi.

Yodda tuting, grant Londonda hayot kechirish uchun boshqa xarajatlarni qoplamaydi.

Talablar:

Mazkur grantga ariza topshiruvchi nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Nomzod kam yoki oʻrta daromadli davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston fuqarolari topshira oladi).
  • UCL Institute of Education oliygohidagi masgistrlik (Graduate Taught) dasturlaridan birida toʻliq stavkada (full-time) oʻqish uchun shartsiz qabul taklifini (unconditional offer) olgan boʻlishi kerak. Kuzgi semestr uchun magistrlik kurslarining aksariyatiga qabul 30-iyulga qadar davom etadi.
  • Bundan avval Britaniyada yashamagan yoki oʻqimagan boʻlishi kerak.

Yodda tuting, mazkur grant onlayn kurslar uchun berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvalo, nomzodlar dastlab oliygohdagi magistrlik kurslaridan biriga alohida ariza topshirishi va shartsiz qabul qilinishi lozim. 2021-yil kuzgi semestr uchun magistrlik kurslarining aksariyatiga qabul 2021-yil 30-iyulga qadar davom etadi. Biroq grantga arizalar arizalar 2021-yil 3-may (dushanba) kuni soat London vaqti bilan 17:00 gacha qabul qilinadi. Shu sababli masgistraturaga ertaroq hujjat topshirib, shartsiz qabul qilinish lozim.

Magistratura kurslarining aksariyatida IELTS 7.0 (hech bir boʻlimi 6.5 dan kam boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati talab qilinadi. Ayrim magistrlik kurslarida til talabi biroz farq qilishi mumkin. Til talabi, boshqa qabul talablari, qabul jarayoni va kerakli hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni magistrlik kurslarining sahifalaridan topasiz.

Agar talab nomzodga qoʻyilgan talablarga javob bersa, IOEinternational@ucl.ac.uk elektron pochtasiga IOE Centenary Masters Scholarships ariza shaklini soʻrab xabar yozishi kerak boʻladi. Mazkur elektron xabarda talabaning ID raqamini ham koʻrsatilishi lozim (bu raqam shartsiz qabul taklifi xatida koʻrsatilgan boʻladi) Shunga nomzodga ariza shakli taqdim etiladi, talaba arizani toʻldirib, topshiradi.

Grant dasturi boʻyicha savollar yuzasidan quyidagi elektron pochtaga murojaat qilishingiz mumkin: IOEinternational@ucl.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!