×

iPhone foydalanuvchilari uchun IPPAWARDS fotosuratlar tanlovi: mukofot – oltin va palladiy yorliqlari


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1178 marta

iPhone va iPad foydalanuvchilari uchun IPPAWARDS fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga iPhone va iPad orqali tushirilgan fotosuratlar qabul qilinadi. Ishtirokchilar quyidagi kategoriyalar bo’yicha fotosuratlar bilan ishtirok etishlari mumkin:

Abstract, Animals, Architecture, Children, City Life, Environment, Landscape, Lifestyle, Nature, Panorama, People, Portrait, Series (3 images), Still Life, Sunset, Travel, Trees, Other.

Tanlovda ishtirok etishning asosiy sharti – topshirilgan suratlar iPhone yoki iPad orqali tushirilgan bo’lishi. Ishtirokchilardan surat shu qurilmalarda tushirilganini tekshirish uchun suratning original nusxasi ham so’ralishi mumkin.

Tanlovda avval g’olib bo’lgan suratlar galereyasi bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

iPhone va iPad foydalanuvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Barcha kategoriyalar bo’yicha kelib tushgan fotosuratlar orasidan 3 ta eng munosibiga IPPA Photographer of the Year Award mukofoti beriladi. Bu mukofot egasiga maxsus sovg’a beriladi. Sovg’a yoki mukofot sifatida nima berilishi tanlov veb saytida tez orada e’lon qilinadi.
  • 18 ta kategoriyaning har biri bo’yicha 1, 2 va 3-o’rin egalari aniqlanadi. 1-o’rin egalarining har biriga bittadan sof oltin yorliq (gold bar) beriladi. Bu yorliq dunyodagi eng nufuzli ishlab chiqaruvchi tomonidan quyilgan. Mukofot sifatida beriladigan quyma oltin yorlig’ining rasmiy saytda ko’rsatilgan suratida uning 1 grammli, 999 probali ekanini ko’rish mumkin. Bu yorliq dunyodagi eng nufuzli ishlab chiqaruvchi tomonidan quyilgan.
  • 18 kategoriya bo’yicha 2 va 3-o’rin egalarining har biriga palladiy quymasi yorlig’i (palladium bar) taqdim etiladi. Mukofot suratida uning 999 probali, 1 grammli ekanini ko’rish mumkin.
  • Barcha g’oliblarga sertifikat beriladi.

Talablar:

  • Suratlar iPhone yoki iPad orqali tushirilgan bo’lishi kerak.
  • Ilgari hech qayerda chop etilmagan bo’lishi kerak. Lekin muallifning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy akkauntlarida e’lon qilingan bo’lishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi cheklanmagan miqdorda surat topshirishi mumkin.
  • Suratlar kompyuter dasturlarida tahrirlanmagan bo’lishi kerak. iOS dasturlarida tahrirlash mumkin.
  • Surat original o’lchamida yoki tomonlaridan biri kamida 1000 piksel bo’lgan holda topshirilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda to’lov asosida ishtirok etiladi. Bitta surat topshirish uchun 5,50 AQSh dollari, 3 ta surat uchun 12,50 AQSh dollari, 10 surat uchun 37,50 AQSh dollari, 15 surat uchun 55,50 AQSh dollari. 20 surat uchun 67 AQSh dollari va 25 surat uchun 75,50 AQSh dollari to’lov qilish kerak.

Ishtirok etish uchun bu yerda ariza berish mumkin. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 31-mart.

Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’ralgan savollarga javoblar (FAQ) bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!