×

”IQtidorli” yoshlar oromgohi: STEM sohasidagi yoshlar va ustozlar uchun 1 haftalik yozgi dastur


Grant

MUHLAT

15.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

7080 marta

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ilk bor “Ibrat farzandlari” va “Ustoz AI” loyihalari hamkorligida “IQtidorli” loyihasiga start berilmoqda. STEM yoʻnalishida ta’lim olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yoshlar va ustozlar uchun Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida maxsus oromgoh dasturi tashkil qilinmoqda.

Oromgoh 2 mavsumdan iborat bo’ladi:

  • 1-mavsum: 2024-yil 27-may-2-iyun kunlari
  •  2-mavsum: 2024-yil 3-9-iyun kunlari

Loyiha maqsadi – yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish,  STEM taʼlim yoʻnalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va ular orasida yangi iqtidor egalarini kashf etishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

STEM yoʻnalishida ta'lim olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yoshlar va ustozlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchi va mentorlar dastur davomida bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturga STEM yoʻnalishida ta’lim olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yoshlar va ustozlar ariza topshirishi mumkin. 
  • Ishtirokchilar uchun yosh chegarasi 15-25 yosh, mentorlar uchun 25-45 yosh bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 15-maygacha BU YERDA ariza topshirishi kerak. Nomzodlar ishtirok etuvchi (oʻquvchi) yoki bilim ulashuvchi (mentor) sifatida ariza topshirishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!