×

Iqtisodiy boshqaruv bo’yicha Globar Liderlar Stipendiya Dasturi!


Grant

MUHLAT

16.11.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1083 marta

Oksford universiteti va Prinston universiteti hamkorlikda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkilotiga a’zo bo’lmagan davlatlardan bo’lgan nomzodlarni 2016-2018-yil uchun Global Liderlar Stipendiya dasturiga taklif etadi. Ikki yillik dastur ishtirokchilarga global boshqaruv va dunyoning siyosiy iqtisodida rivojlanayotgan davlatlarning roli borasida ishlashga imkon yaratadi.

Dasturdan maqsad rivojlanayotgan davlatlarning fuqarolaridan iborat olim va professionallarni shakllantirish bo’lib, ular global institutlarning yanada rivojlanishi uchun hissa qo’shishiga umid bildiriladi. Global instituttlar  adolat, tenglik va samarali jahon iqtisodiyoti uchun muhim bo’lib, uni amalga oshirish esa rivojlanayotgan davlatlardagi insonlarning manfaatiga zarar qilmasligi lozim.

Grant kimlar uchun?

DOKTORANTURA DARAJASIGA EGA

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar dasturning birinchi yilini Birlashgan Qirollikda Oksford universitetida o’tkazadi va  bu yil uchun ishtirokchiga 36,309 funt sterling ajratiladi.

Dasturning ikkinchi yili esa AQShdagi Prinston universitetida o’tkaziladi va bu yil uchun ishtirokchiga 56,500 AQSh dollari ajratiladi.

Talablar:

  • IHR tashkilotiga a’zo bo’lmagan davlat fuqarosi bo’lish (O’zbekiston tashkilotga a’zo emas, demak O’zbekiston fuqarolari dasturga ariza topshira oladi);
  • IHR tashkilotiga a’zo bo’lmagan davlatda ish tajribasiga ega bo’lish;
  • Jahon siyosiy iqtisodiy, rivojlanayotgan davlatlarning global boshqaruvdagi roli kabi mavzularga yaqin mavzuda doktorantura darajasini yoqlagan;
  • Akademik yutuqlarga erishgan;
  • Tahliliy va ilmiy tadqiqot olib borish ko’nikmalariga ega;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar uchun.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Quyidagi ariza materiallari email yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.

  • Ariza shakli SHU YERDA;
  • Rezyume;
  • Bir betdan iborat xat (unda arizachi o’zini tanishtirib, dasturga bildirgan qiziqishini izhor qiladi);
  • 500 so’zdan oshmagan, dasturda qatnashishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
  • Dastur davomida olib borishi kutilayotgan ilmiy tadqiqotning rejasi;
  • Tavsiyanoma berish uchun ikki shaxsning aloqa ma’lumotlari.

Arizaning barcha materiallari, jumladan tavsiyanoma beruvchi shaxs tomonidan tavsiyanomalar ham, 16-noyabrga qadar geg@univ.ox.ac.uk manziliga yuborilishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!