×

Irlandiya: Dinshunoslik va musiqa sohalarida PhD uchun to’liq grant; yillik stipendiya – 16 000 yevro!


Grant

MUHLAT

03.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1806 marta

Irlandiyaning Dublin shahridagi Dublin City University DCU oliygohi  School of Theology, Philosophy, and Music maktabi PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun PhD Scholarships in Theology va PhD Scholarship in Music grant dasturlarini taklif etmoqda. Grantlar 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun taqdim etiladi. Grantlar butun PhD kursi davomida – 4 yil muddatga beriladi. Grant haqidagi batafsil maʼlumot va tadqiqot yoʻnalishlari shu yerda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan tadqiqotchining oʻqish toʻlovlari toʻliq toʻlab beriladi va unga yiliga 16 000 yevro miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Dastur shartlari bajarilaganida va belgilangan akademik koʻrsatkichlar qayd etilganda grant 4 yil muddatgacha choʻzilishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha bakalavr va magistrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Magistratura bosqichini bitirish arafasidagi nomzodlar ham ariza berishlari mumkin.
  4. Nomzod kunduzgi (full time) tartibda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod www.pac.ie saytida roʻyxatdan oʻtishi, oliygoh qabul talablariga javob berishi va onlayn ariza topshirishi kerak. Oʻqishga hujjat topshirishdan oldin nomzodning oʻziga ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bogʻlanib tadqiqot mavzusini muhokama qilib olishi tavsiya etiladi.

Hujjatlar 2020-yil 3-aprelga qadar qabul qilinadi.

Shundan soʻng quyidagi hujjatlar biriktirilgan arizalar e-mail tarzida Mary Hayesga: mary.hayes@dcu.ie yuborilishi kerak. E-mailning sarlavhasiga hujjat topshirilayotgan grant nomi (Theology PhD scholarships yoki Music PhD scholarships) yozilishi zarur.

Hujjatlar tarkibi:

  • CV (ikkita tavsiya beruvchining ismlari va kontakt ma’lumotlari koʻrsatilgan).
  • Bakalavr va magistrlik diplomlari nusxalari.
  • Bakalavr va magistraturada olingan baholardan koʻchirma.
  • Nomzodning stipendiyaga loyiqligini ifodalovchi xat.
  • Tadqiqot rejasi (3000 soʻz va bibliografiyadan iborat).
  • Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda va shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Bogʻlanish uchun:

Dr. Brad Anderson: brad.anderson@dcu.ie yoki patricia.flynn@dcu.ie

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!