×

Irlandiya: Hash Code tanlovi; mukofot jamg’armasi – 7000 dollar!


Grant

MUHLAT

25.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

3649 marta

Google kompaniyasi o’zining navbatdagi Hash Code nomli tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlov dasturlarni jamoa bo’lib yaratish va jumboqlarni yechish, hamda jamoa bo’lib ishlovchi kompyuter muhandislarini qo’llab – quvvatlash uchun tashkil etilgan. Hash Code tanlovida dunyoning turli davlatlaridan professional kompyuter dasturchilari va shu sohada ta’lim olayotgan talabalar qatnashishlari mumkin. Qatnashchilar kamida ikki kishidan iborat guruh tuzishlari va saralash bosqichidan o’tishlari lozim. G’olib jamoa Google’ning Dublin shahridagi ofisida bo’lib o’tadigan final bosqichi uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional dasturchilar, talabalar, ko,pyuter muhandislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Final bosqichida golib bo’lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1 – o’rin 4 000 AQSH dollari
  • 2 – o’rin 2 000 AQSH dollari
  • 3 – o’rin 1 000 AQSH dollari

27- aprel 2019 – yili Irlandiyaning Dublin shahrida bo’lib o’tadigan final bosqichida ishtirok etish uchun jamoalar safar, turar joy, oziq – ovqat kabi barcha xarajatlarni o’zlari qoplashlari zarur. Qatnashchilar tanlovdan kamida bir kun oldin belgilangan joyga yetib borishlari kerak. Jamoaning final bosqichida ishtirok etishi uchun moliyaviy imkoniyati bo’lmasa, Google kompaniyasiga finalistlar uchun ajratiladigan stipendiyasini so’rab murojaat qilishi mumkin. Stipendiya miqdori va olish shartlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Jamoa kamida ikki, ko’pi bilan to’rt ishtirokchidan tashkil topgan bo’lishi kerak;
  • Jamoa ishtirokchilari 18 yoshdan katta bo’lishlari kerak;
  • Ariza topshirilganidan so’ng jamoa tarkibiga o’zgartirish kiritish mumkin emas;
  • Tanlov davomida bir ishtirokchi faqat bitta jamoa tarkibida qatnashishi mumkin;

Tanlov shartlari haqidagi to’liq ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov ikki bosqichda o’tkaziladi. Birinchi, saralash bosqichi 2019 – yilning 28 – fevralida onlayn tarzda bo’lib o’tadi. Tanlovda qatnashish istagidagi jamoalar onlayn ariza orqali ro’yxatdan o’tishlari kerak. Google kompaniyasi muhandislaridan iborat jamoa tomonidan 30 – 50 ballgacha eng yuqori ko’rsatkichlarga ega 150 tagacha jamoani saralab oladilar. Saralash natijalari joriy yilning 5 – martigacha e’lon qilinadi. Saralashdan muvaffaqiyatli o’tgan jamoalar 27 – aprel Irlandiyaning Dublin shahrida bo’ladigan final bosqichida qatnashish imkonini qo’lga kiritadilar. Finalda jamoalardan sohaga oid jumboqni yechishlari so’raladi. G’oliblar final bosqichining ohirgi kuni e’lon qilinadi. Tanlov bosqichlari haqida batafsil ma’lumot bu yerda. Oldingi tanlovlar shartlari haqida bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol – javoblardan olishingiz yoki savollar bilan hashcode@google.com. elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!