×

Irlandiya: magistratura bosqichi uchun 21 300 yevro grant!


Grant

MUHLAT

28.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

1036 marta

Irlandiyaning Dublin shahrida joylashgan UCD Michael Smurfit Graduate Business School oliygohi navbatdagi MSc Aviation Finance Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi oliygohga Aviation Finance yo’nalishi bo’yicha 2019-yilning sentabrida boshlanadigan magistratura (MSc) bosqichiga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturida g’olib bo’lgan talabaning kontrakt to’lovi 100 foiz to’lab beriladi. Buning uchun yiliga 21 300 yevrogacha (tahminan 23 947 AQSH dollari) miqdorida mablag’ ajratiladi.

Oliygohdagi magistratura kurslari kunduzgi tartibda bir yil davom etadi. Grant dasturi stipendiantga mablag’ni ikki qismga bo’lib, har semester boshida to’laydi. Grant shartlari bajarilmagan taqdirda ikkinchi semester uchun to’lov amalga oshirilmaydi. Stipendiyalar faqat kontrakt to’lovini to’lash uchun mo’ljallangan.

Grant dasturiga birdan ortiq nomzod loyiq ko’rilgan taqdirda dastur hay’ati mukofot pulini nomzodlar o’rtasida taqsimlab berish huquqiga ega.

UCD Michael Smurfit Graduate Business School oliygohida tahsil olish uchun sarflanadigan harajatlar haqida bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq);
  2. Nomzod  Irlandiyaning First Class HonoursDegree darajasi yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak. Batafsil
  3. Nomzod bakalavr bosqichida matematika, ekonomika muhandislik yoki shunga yaqin sohalar bo’yida tahsil olgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  6. Nomzod UCD Michael Smurfit Graduate Business School oliygohi MSc in Aviation Finance kursiga hujjat topshirgan bo’lishi zarur.
  7. Nomzod hay’at a’zolariga taqdim etadigan CV hamda esselarida (ariza ichidagi esselarning har biri 300 so’zdan iborat) shu sohaga bo’lgan qiziqishi, grantni qo’lga kiritgan taqdirda nimalarni amalga oshirmoqchiligi haqida aniq, lo’nda bayon etishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar va grant nizomi bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun alohida hujjat topshirish shart emas. 2019-yil sentabrda boshlanadigan MSc in Aviation Finance kursi uchun 2019-yil 28-iyungacha hujjat topshirgan arizachilarning barchasi dastur uchun nomzod deb hisoblanadi. Qabul qilingan hujjatlar saralanib, keyingi bosqichga o’tgan nomzodlar iyul oyining boshlarida suhbatdan o’tkaziladilar. Natijalar 2019-yil iyul oyi o’rtalarida ma’lum qilinadi.

Oliygohga arizalar faqatgina  student information portal orqali onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Talab qilingan boshqa hujjatlar ariza shaklidagi belgilangan o’rinlarga yuklanadi. Arizani topshirish uchun nomzoddan o’rtacha 2-3 hafta vaqt talab qilinadi.

Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Universitetga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.
  2. Esse (2 ta, 300 so’zdan iborat).
  3. CV.
  4. Bakalvr diplomi.
  5. Baholar/ diplom ilovasi.
  6. Til sertifikatlari. IELTS 7.0, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball / TOEFL 100 ball, har bir bo’limdan kamida 20 ball.
  7. 2 ta tavsiyanoma.
  8. Boshqa akademik yoki professional yutuqlar va mukofotlar haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa)
  9. Arizani ko’rib chiqish uchun 50 yevro miqdoridagi to’lov.

Universitetga qabul jarayoni haqidagi qo’llanma bilan bu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun  smurfit.admissions@ucd.ie elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

Email: smurfit.admissions@ucd.ie

Tel.: +353 1 716 4321

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!