×

Irlandiya: Magistratura bosqichini oʻqish uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1344 marta

Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida joylashgan Queen’s University Belfast magistratura va doktorantura kurslari uchun moʻljallangan 2020-21-yilgi Queen’s Loyalty Postgraduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant bir marta berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning quyidagi kurslariga qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi:

  • Postgraduate: PG Certificate and PG Diploma programmes, MTh Theology,
  • ALL Distance Learning programmes, foundation degree programmes and non-standard fee courses, including part-time programmes.
  • External PhD programmes where students only undertake part of their research at Queen’s University.
  • Higher Doctorates – Doctor of Divinity (DD), Doctor of Laws (LLD), Doctor of Letters (DLitt), Doctor of Science (DSc), Doctor of Science (Economics) (DSc(Econ)), Doctor of Science, (Education) (DSc(Ed)) and Doctor of Social Science (DSSc)
  • PhD programmes by Published Works

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 16 900 funt-sterlingdan 27 500 funt-sterlinggacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga oʻqishning birinchi yili uchun kontraktdan 20 % chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar kamida 75% ijobiy yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. .Nomzod univeristetning 2020-yil sentabr oyida boshlanaigan yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslariga va hamma masofaviy ta’lim, sirtqi hamda nostandart ta’lim kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5/TOEFL iBT kamida 90 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi lozim. Oʻzbekistonliklar uchun kirish talablari bilan: shu yerda batafsil tanishing.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqishga kirish uchun UCAS tizimidan onlayn tarzda ariza berish lozim. Keyin grant yutib olish uchun alohida ariza topshiriladi. Dedlayn muddati farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling. Grantga esa dedlayn – 2020-yil 31-oktabrga qadar. 

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Grantga arizani: shu yerda toʻldiring va dedlaynga qadar joʻnating.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Bakalavr/magistr diplomi va ilovasi Oʻzbekistonliklar uchun kirish talablari bilan: shu yerda batafsil tanishing. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5/TOEFL iBT kamida 90 ball boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ma’lumot soʻralishi mumkin. Dedlayn muddati ham farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling. Grant haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: rasmiy soʻrov sahifasiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!