×

Irlandiyada magistratura: xotin-qizlar uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

31.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

2117 marta

Irlandiyada joylashgan University College Cork universitetida magistratura kurslari uchun ajratilgan Club 30% grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant Executive MBA kurslari uchun ajratilgan bo’lib, undan maqsad ayollarning boshqaruv rolidagi hissalarini oshirish. Grant har yili bir nafar ayol talabaga beriladi. Universitdagi boshqa magistraturra kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qshni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantning hajmi 27000 yevroni tashkil etadi va u talabaning o’qish  kontraktini qoplashga yo’naltiriladi.  Yillik kontrakt miqdori 13500 yevroni tashkil etadi.

Talablar:

Ushbu grantni yutib olish uchun nomzod oldin University College Cork Executive MBA kursiga qabul talablarining barchasiga to’liq mos bo’lishi va shu kursga qabul qilingan bo’lishi kerak.

Executive MBA kursiga qabul talablari:

  1. Nomzodda Buyuk Britaniyaning Honours degree darajasidagi bakalavr diplomi bo’lishi kerak. yoki oddiy bakaav diplomi + yetarli darajadagi GMAT yoki GRE natijalari bo’lishi kerak.
  2. Nomzod kamida 3 yillik boshqaruv tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  3. Agar nomzodning ish tajribasi 3 yildan kamroq bo’lsa, undan ish tajriba baribir nisbatan yetarli darajada bo’lishi va nomzodda yetarli darajada GMAT yoki GRE testlari natijalari bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. bunda nomzoddan kamida 6.5 IELTS yoki 90 TOEFL natijalari talab qilinadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun hujjat topshirish jarayoni ancha sodda. Nomzod avvaliga University College Cork’ning Executive MBA kursiga o’qishga kirishi kerak. Undan keyin esa shu fakultet dekaniga (Academic director) grant so’rab ariza yozish kerak. Arizaga qo’shib 1000 so’zli motivatsion xat ham taqdim etiladi.

University College Cork’ga o’qishga hujjat topshirish uchun oldin sizni qiziqtirgan kurslar bilantanishib chiqishingiz kerak. Keyin esa bu yer orqali ariza topshiriladi. Hujjat topshirish onlayn ariza to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Ariza to’ldirish jarayonida nomzod baholari, diplomlari, sertifikatlari va ikkita tavsiyanoma ham taqdim etishi kerak bo’ladi. Undan tashqari, ariza topshirish jarayonida nomzodlar ba’zi qo’shimcha savol-javoblar jarayonida ishtirok etishlari ham zarur, bu savollarni bu yerdan topishingiz mumkin.

Arizalar 2018-yil noyabr oyi boshlariga kelib qabul qilina boshlaydi. Qabul hozircha yopiq.

Ma’lumot uchun internationaloffice@ucc.ie elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!