×

Islom Taraqqiyot Bankining bakalavr kursi uchun to’liq grant dasturi!


Grant

MUHLAT

28.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3788 marta

Islom Taraqqiyot Banki tomonidan tashkil etilgan IsDB Scholarships 2019-2020 grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar oliy ta’lim muassasasining bakalavr bosqichiga o’qishga qabul qilingan umidli va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun ajratilgan. Dasturdan maqsad o’qishga qabul qilingan, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarga moddiy jihatdan ko’mak berish. Grantlar dunyo bo’ylab Islom Taraqqiyot Bankiga rasman a’zo bo’lgan davlatlar fuqarolari hamda Islom diniga e’tiqod qiluvchi jamiyatlar a’zolariga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AsDB grantini yutib olgan talabaning o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplab beriladi. Unga stipendiya ham beriladi. Talaba esa bakalavr kursini tugatgach magistratura uchun ham grant olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunda talaba magistraturaga kirgach, yoki magistraturadagi o’qishi uchun 1-yil xarajatlarini o’zi to’lashi yoki o’z davlatidan bo’lgan boshqa bakalavr kursi talabasining 1 yillik o’qish xarajatlarini qoplab berishi kerak bo’ladi.

Moddiy ta’minotdan tashqari Bank talaba yetakchilikni rivojlantirish uchun mahsus kurslarda ishtirok etishini ham ta’minlaydi.

Talablar:

  1. IsDB grantlari yetakchi, tirishqoq va kelajakda o’z davlatlari va jamiyatlari ravnaqiga xizmat qilishga bel bog’lagan talabalarga beriladi. Grantni yutib olish istagidagi talaba jamiyatda faol bo’lishi va o’z yurtiga xizmat qilishga ahd qilgan bo’lishi muhim.
  2. IsDB granti har bir davlatning eng yaxshi 10 ta oliygohlari bakalavr kurslariga qabul qilingan yoki 1-kursda o’qiyotgan talabalarga beriladi. O’zbekiston fuqarolari ham grantga ariza berishlari mumkin.
  3. Grantlar deyarli barcha yo’nalish talabalariga beriladi. Grant dasturida ko’zda tutilgan ta’lim yo’nalishlarining to’liq ro’yxati dastur nizomining 3-sahifasida berilgan.
  4. Grant to’liq stavkada o’qish uchun beriladi, sirtqi kurs talabalariga grant ajratilmaydi.
  5. Grant uchun nomzod o’rta va yuqori maktab ta’limini (yoki 12 yillik majburiy ta’lim) olgan bo’lishi zarur.
  6. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  7. Agar nomzod grant yutib olsa, boshqa manbalardan grant olishi ta’qiqlanadi.
  8. Grant yutib olgan talaba o’zini namunani tutishga, a’lo baholarga o’qishga va jamiyatiga foyda keltirishga va’da berishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2019-yil 28-fevralga qadar bu yerda qabul qilinadi. Ariza berishni boshlash uchun avval tizimda ro’yhatdan o’tish kerak.

Hujjat topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi.
  3. Tibbiy ma’lumotnoma.
  4. Maktabda lingan baholar nusxasi.
  5. Bakalavr kursiga o’qishga qabul qilinganlik haqidagi (yoki 1-kursda o’qiyotganlik haqidagi) ma’lumotnoma.

Hujjatlar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi kerak.

Ma’lumot uchun scholar@isdb.org elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki grant nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!