Islom Taraqqiyot Banki tomonidan tashkil etilgan IsDB Scholarships 2019-2020 grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan umidli va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun ajratilgan. Dasturdan maqsad o’qishga qabul qilingan, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarga moddiy jihatdan ko’mak berish. Grantlar dunyo bo’ylab Islom Taraqqiyot Bankiga rasman a’zo bo’lgan davlatlar fuqarolari hamda Islom diniga e’tiqod qiluvchi jamiyatlar a’zolariga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
IsDB grant dasturi doirasida magistratura uchun grant yutib olgan talabaning o’qish kontrakt to’lovi, yashash xarajatlari, sug’urta, darsliklar va shu kabi o’qish uchun sarf bo’ladigan xarajatlari to’liq qoplab beriladi. Magistratura kursining davomiyliga qarab grant 1 yoki 2 yil berilishi mumkin. O’qishni tamomlagach talaba bank tomonidan berilgan grantning 50% qismini bo’lib-bo’lib qayta to’lab berishi kerak bo’ladi.
Undan tashqari, o’qish davomida talaba yetakchilik salohiyatini yaxshilash va qo’shimcha bilim olishi uchun mahsus kurs va tadbirlada ishtirok etishi mumkin bo’ladi.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod oliy ta’lim muassasasi to’liq stavkali magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholari a’lo bo’lishi zarur.
- Nomzod o’qishga kirgan kurs grant dasturida ko’zda tutilgan yo’nalishlardan biri bo’yicha bo’lishi kerak. Grant beriladigan barcha kurslar ro’yxati dastur nizomining 6-sahifasida berilgan.
- Nomzodning salomatligi yaxshi holatda bo’lishi kerak.
- Nomzod boshqa manbadan grant olmasligi kerak.
- Nomzod grant yutib olga taqdirda o’zini namunali tutishga va yaxshi o’qishga va’da berishi kerak.
- Nomzod o’z jamiyatiga xizmat qilish istagidagi, yetakchilik sifatlariga ega shaxs bo’lishi muhim.
- Grantlar har bir davlatdagi eng yaxshi 10 oliygohga o’qishga qabul qilingan talabalarga ajratiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2019-yil 28-fevralga qadar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirishda kerakli hujjatlar:
- Passport nusxasi.
- Tug’ilganlik haqida guvohnoma.
- CV.
- Hujjatlarning rasmiy tarjimalari.
- 3 ta tavsiyanoma.
- Bakalavr diplomi va baholari.
- Ish tajribasini ko’rsatuvchi hujjat.
- O’qishga qabul qilinganlik haqida hujjat.
- Til imtihonlari sertifikatlari.
Hujjatlar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi kerak.
Ma’lumot uchun scholar@isdb.org elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki grant nizomi bilan tanishishingiz mumkin.