×

Tayland: bakalavr uchun to’liq grant va stipendiya; joy – 5 ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

2577 marta

Taylandda joylashgan International School of Engineering (ISE) oliygohi tomonidan chet ellik talabalarga mahsus taqdim etiladigan ISE grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar ISE’da o’qitiladigan bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan eng umidli va iqtidorli talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad a’lochi talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

ISE universitetida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavr kurslariga grant yutib olish mumkin:

  • Nano Engineering,
  • Automotive Design and Manufacturing Engineering,
  • Information and Communication Engineering,
  • Aerospace Engineering,
  • Robotics and Artificial intelligence Engineering.

Dastur doirasida 2019-yil kuzida boshlanadigan bakalavr kurslari uchun 5 nafar talabaga to’liq grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ISE grantini yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. 4 yil davomida talabanign o’qish kontrakt to’lovi to’lab beriladi.
  2. Talaba universitet uchun to’lashi kerak bo’lgan boshqa to’lovlar ham o’qish tugaguncha qoplab beriladi.
  3. Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi.
  4. Talaba tekin turar-joy bilan ta’minlanadi.
  5. Talabaga yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
  6. Talaba vatanidan Bangkokka kelishi va qaytib ketishi uchun borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
  7. Talabaga o’quv materiallariga ketadigan xarajatlari uchun ham mablag’ ajratiladi.

Agar talaba o’qish davomida ketma-ket 2 semestrda 4 ballik tizimda 3 ballga loyiq o’qisa, sababsiz ketib qolsa yoki salomatligi jiddiy yomonlashsa grant bekor qilinadi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzodning kelib chiqishi Taylandlik bo’lmasligi zarur.
  2. Nomzodning yoshi 25 dan oshmagan bo’lishi zarur.
  3. Nomzodning umumiy o’rtacha bahosi 4 ballik tizimda 3.5 dan past bo’lmasligi kerak.
  4. Nomzod sog’lom holatda bo’lishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini bilishi zarur. Grant va kursga qabul uchun kamida TOEFL IBT 80 yoki IELTS 6.0 talab qilinadi.
  6. Nomzod SAT subject test’dan o’tgan bo’lishi zarur. SAT Math, SAT Math II va SAT Physics testlaridan nomzod kamida 700 balldan to’plagan bo’lishi kerak. SAT fan testining qaysi birini topshirish kerakligi tanlangan kursdan kelib chiqadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun ariza materiallarini ise_scholarship@chula.ac.th elektron manziliga yuboring.

Kerakli hujjatlar:

  1. To’ldirilgan ariza va fotosurat.
  2. CV va shaxsiy bayonot (personal statement).
  3. Baholarning rasmiy nusxasi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Passport nusxasi.
  6. Ingliz tili va SAT imtihonlari natijalari.
  7. Salomatlik holatini ko’rsatuvchi tibbiy ma’lumotnoma.

Bakalavr kurslariga qabul jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun ise@chula.ac.th elektron manzili yoki +66-2218-6743 – 4, +66-2218-6422 – 4 raqamlariga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!