×

Islom Taraqqiyot Banki: Yosh mutaxassislar dasturi; yuqori oylik maosh, bepul sugʻurta, aviachipta beriladi; joy – 25tagacha!


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

7223 marta

Islom Taraqqiyot Banki (ITB) 2020-yilgi The Young Professional Program (YPP) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ikki yil (24 oy)gacha muddatga moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar ITBning Saudiya Arabistonidagi bosh shtab-kvartirasi va hududiy markazlarida amaliyot oʻtash imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Grant yutib olgan nomzodlar dastur tugagach ish bilan ta’minlanadilar. Nomzod kamida magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistr darajasiga ega yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Yuqori oylik maosh beriladi.
  2. Har yilga aviachiptalat olib beriladi.
  3. Nomzodning oʻzi va oila a’zolari (ota-onasi ham) tibbiy sugʻurta qilinadi.
  4. Baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilinadi.
  5. Ta’lim olish uchun moddiy yordam ajratiladi.
  6. Nafaqa beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha ITBga a’zo davlatlar fuqarolari, jumladan oʻzbekistonliklar bu grantga ariza topshira oladi.
  • Nomzod kamida magistr darajasiga ega boʻlishi va a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Dastur boshlanguncha magistr darajasini olishga ulguradigan talabalar bu grantga ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzod ingliz tili bikan birga arab yoki fransuz tilini bilsa yana yaxshi.
  • Nomzod 32 yoshgacha boʻlishi va magistraturani tamomlaganiga 4 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Saudiya Arabistonining Jidda shahrida yashashga va bankning hududiy boʻlimlarida amaliyot oʻtashga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzod bankning missiyasi va gʻoyalariga qiziqishi va sadoqatini koʻrsatishi lozim.
  • Ayol nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.

Qoʻshimcha talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish 2020-yil 28-fevralgacha amalga oshiriladi. Hujjatlar va ariza onlayn tarzda taqdim etiladi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqlatib, keyin joʻnatish kerak. Savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzillarga murojaat qiling.

Ma’lumot uchun sahifa oxirida berilgan savol-javoblarni oʻqib chiqing yoki ypp@isdb.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!