×

Islom Taraqqiyoti Banki mukofoti: g’olibga 100 000 AQSh dollari beriladi!


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2568 marta

The Islamic Research and Training Institute (IRTI) (Islom tadqiqot va trening instituti) tomonidan ta’sis etilgan IsDB Prize for Impactful Achievement in Islamic Economics mukofotiga nomzodlik uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu mukofot Islom Taraqqiyot Bankiga a’zo davlatlarni rivojlantirishga qaratilgan va bu boradagi muammolarga yechim bo’la oladigan loyihalarni e’tirof etadi. Mukofot uchun jahon miqyosida iqtisodiy rivojlanish bilan shug’ullanadigan shaxslar va muassasalar mukofotning «Development Solutions Achievement» yo’nalishida taqdirlanishga munosib loyihalarni taklif qilishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodi ko’rsatilayotgan loyiha amaliy natijalarga erishib ulgurgan bo’lishi kerak.

Dastlab 1988 yilda Islom Taraqqiyot bankining Islom iqtisodiyoti, bank va moliya sohasidagi mukofoti sifatida ta’sis etilgan ushbu mukofot joriy yil boshida «IsDB Prize for Impactful Achievement in Islamic Economics» yangi nomi ostida isloh qilindi. Bunda Islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida bilimlarni yaratish va rivojlanishning innovatsion yechimlari taqdirlanishi ko’zda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Tashkilot va shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Development Solutions Achievement” nominatsiyasi bo’yicha:

  • 1-o’rin egasiga 100 000 AQSh dollari;
  • 2-o’rin egasiga 70 000 AQSh dollari;
  • 3-o’rin egasiga 50 000 AQSh dollari mukofot taqdim etiladi.

Talablar:

Tavsiya etilgan loyihalar:

  • Islom Taraqqiyoti Banki davlatlaridagi iqtisodiy va moliyaviy muammolar(dan biri)ga yechim bo’la olishi;
  • Insonlar hayotida muhim va ijobiy o’rin tutishi;
  • Islom iqtisodining axloqiy tamoyillariga mos bo’lishi;
  • Hamda oxirgi 7 yil ichida amalga oshiril(ayot)gan bo’lishi;
  • Ta’sir doirasi va innovatsion kuchga ega bo’lishi;
  • Boshqa hududlarda amalga oshirish mumkin bo’lishi;
  • Operatsion va moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishi;
  • Qamrovi osonlik bilan kengaytirilishi mumkin bo’lishi kerak.
  • Ariza beruvchi o’z loyihasini nomzodlikka tavsiya etishi mumkin.
  • Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning nomzodlari qabul qilinmaydi. Tanlov nizomi | Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun tashkilotlar yoki shaxslar munosib ko’rgan loyihalarini bu yerda mukofot uchun nomzodlikka tavsiya etishlari zarur. Nomzod ko’rsatishning oxirgi sanasi – 30-noyabr. Natijalar aprel oyida e’lon qilinadi.

Mukofot uchun biror loyihani nomzodlikka ko’rsatish uchun quyidagi hujjatlar zarur:

  • Nominatsiya xati (arab, fransuz yoki ingliz tilida);
  • Onlayn to’ldirilgan ariza;
  • Loyiha yetakchilari uchun CV;
  • Loyiha erishgan yutuqlar ta’rifi;
  • Ko’rsatilgan yutuqlarni tekshirish yo’llari haqida ma’lumot;
  • Loyihaning qonuniy ro’yxatdan o’tganligi haqidagi hujjatlar.

Ma’lumot uchun:

E​-mail: isdbprize@isdb.org

Tel: +966 12 646 6226

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!