×

Ispaniya: Bakalavr bosqichida o’qish uchun 100%lik grantlar; joy – 17ta!


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

5720 marta

The Istituto Europeo di Design (IED) – Yevropadagi mashhur va eng katta moda va dizayn institutining Barselonadagi filiali Creactívate Scholarships for University Courses grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Oliygoh har yili yosh dizaynerlarga «As a designer, what can you contribute to improve the future?» mavzusida o’z ishlarini taqdim qilish va institutning bakalavr kurslarida bepul ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradi. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli yoshlarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 17 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grantlar quyidagi yo’nalishlar uchun beriladi:

Undergraduate Degrees in Design (240 ECTS, 4 years):
– Fashion Design (Spanish)
– Fashion Design, itinerary Styling and Communication (Spanish)
– Graphic Design (Spanish or English)
– Graphic Design, itinerary Motion Graphics & Video (English)
– Interior Design (Spanish or English)
– Product Design (Spanish or English)
– Transportation Design (Spanish or English)

Bachelor of Arts (Hons) validated by the University of Westminster (3 years):
– BA (Hons) Fashion Design (English)
– BA (Hons) Fashion Marketing and Communication (English)

IED Diplomas (3 years):
– Business Design (English)
– Fashion Marketing and Communication (Spanish)
– Creative Advertising and Branding (English)

One Year Courses:
– Global Design (English)

Bakalavr kurslarihaqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Creactívate Scholarships for University Courses grantini yutib olgan talabaga o’zi tanlagan yo’nalishdan kelib chiqib grant belgilanadi (institutda bakalavr kurslari yo’nalishlarga qarab 3 yoki 4 yillik) Grant kontrakt to’lovini 100% qoplaydi. Grantlar faqat o’qish pulini qoplash uchun mo’ljallangan bo’lib, transport, turar joy yoki kundalik harajatlar uchun mablag’ ajratilmaydi.

Institut filiallari va unda ta’lim olish xarajatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Barcha davlat fuqarolari grant uchun ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod 26 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  3. Nomzod maktab attestati, kollej/litsey diplomiga ega (yoki oxirgi bosqichda o’qiyotgan) bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz yoki ispan tilini bilishi kerak.
  5. IED maslahatchilari va xodimlari tanlovda qatnashish huquqiga ega emaslar.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun nomzod ariza shaklini to’ldirishi, taqdim etishi va quyidagi talablarga javob beradigan loyihani (o’zi tanlagan kursga qarab ingliz yoki ispan tilida) topshirishi shart:

  • Talaba haqidagi ma’lumotlar (shaxsiy ma’lumotlar, oldingi ishlari, kelajakdagi rejalari, qiziqishlari);
  • Motivatsion xat (taxminan 250 so’z);
  • Loyiha mavzusi;
  • Loyiha kontseptsiyasi (taxminan 250 so’z)
  • Ijodiy ishning o’zi (asosiy qismi: matn va/yoki eskizlar va/yoki rasm va/yoki olingan videolarni ko’rish uchun link)

Nomzodlar loyihalarini quyidagi tarzda taqdim etishlari talab qilinadi:

  • Ijodiy ish 1 ta yagona PDF fayliga jamlangan bo’lishi;
  • PDF fayli maksimal kattaligi: X MB (TBA Andrés) bo’lishi;
  • DIN A4 o’lchamida, gorizontal formatda bo’lishi;
  • 10 sahifadan oshmasligi zarur.

Ishlanmalarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Saralash bosqichi 16 – 30 aprel kunlari bo’lib o’tadi. Bunda institut o’qituvchilari va qo’mita a’zolaridan iborat hakamlar guruhi nomzodlar bilan bog’lanib (skype orqali) ulardan ishlanmalarini himoya (present) qilib berishlarini so’rashadi. Yakuniy natijalar 2019-yilning 6 – may kuni e’lon qilinadi.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni institutning rasmiy sayti yoki savol javoblardan bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
Tel: +34 93 2385889
Fax: +34 93 2385909
E-mail: contact@bcn.ied.es

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!