×

Ispaniya: Barselona aviakompaniyasida barcha xarajatlar qoplanadigan stajirovka!


Grant

MUHLAT

12.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

3595 marta

Ispaniyaning VOLOTEA aviakompaniyasi talabalarni Operational Projects Analyst Intern (OPS Intern) dasturida qatnashishga taklif etadi. Grant yutib olgan nomzodlar Volotea aviakompaniyasining Barselonadagi bosh shtab-kvartirasida ishlaydilar. Bu grant boʻyicha nomzod operativ loyihalar sohasida stajyor-analitik lavozimida ishlaydi va bevosita kompaniyaning korporativ strategiyalar boʻyicha direktoriga boʻysunadi. Grantga nomzod muhandislik yoki matematika boʻyicha kamida bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot davomida nomzod madaniyatlar va millatlarni birlashtiruvchi koʻprik vaifasini bajarishi kutilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Matematika va muhandislik sohalarida o`qiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning transport, turar joy, yashash va boshqa barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod muhandislik yoki matematika boʻyicha bakalavr/magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Italyan va/yoki ispan tilini bilish qadrlanadi.
  4. Nomzod aviatsiya sohasiga qiziqishi va ayrim bilimlarga ega boʻlishi zarur.
  5. Nomzodlar a’lo baholarga oʻqishi kerak.
  6. Nomzod kuchli analitik qoboliyatga ega boʻlishi va ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olishi lozim.
  7. Nomzod oʻrganishga tayyor boʻlishi hamda guruhda ishlay olishi kerak.
  8. Nomzod Microsoft Offise (ayniqsa, Ms Excel) dasturida a’lo darajada ishlashi zarur.
  9. MS Office Planner, MS Project kabi loyihalarni boshqaruvchi dasturlarda ishlash koʻnikmalariga ega nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 12-iyungacha qabul qilinadi. Grantga ariza shakli onlayn tarzda toʻldirib, dedlaynga qadar joʻnatiladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Agar lozim boʻlsa, tashkilotchi boshqa hujjatlar uchun siz bilan bogʻlanadi.

Ariza toʻldirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerga kiring.
  2. Berilgan roʻyxatdan OPS Projects Internni toping.
  3. Talablar va kerakli ma’lumotlar bilan tanishing.
  4. Apply to this offer yozuvini bosib, ariza toʻldiring.

Barcha hujjatlar tarkibi va talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Nomzodlar a’lo baholari, guruhda ishlash va analitik qobiliyati, tashabbuskorligi, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: dataprotection.officer@volotea.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!