×

Ispaniya: Haq to’lanadigan amaliyot


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

4655 marta

Erasmus In School deb nomlangan portal dunyodagi til assistentlari va maktablar, kompaniyalarga bir-birlarini topish uchun xizmat qiladi. Hozir shu portal orqali Ispaniya maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari ingliz tili o’qituvchilarini izlab turli e’lonlar bergan. Ispan maktablari va bog’chalari bilan hamkorlikka tayyor til mutaxassislari 2018-yilning 1-oktabridan 2019-yilning 30-iyunigacha shartnoma tuzadilar.

Maktabga ishga kirgach, o’qituvchining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • O’quvchilar bilan ingliz tilida muloqot qilish
  • Ularning ingliz tilini eshitib tushunish va muloqot qilish imkoniyatlarini oshirish
  • O’quvchilarni til imtihonlariga tayyorlash
  • Ingliz tilidan asosiy muloqot vositasi sifatida foydalangan holda turli mashg’ulotlar va seminarlar yuritish
  • Nomzodning vatanidagi maktablar va nomzod ishga kirgan maktab o’rtasida hamkorlik va almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish va qo’llab-quvvatlash ishlari bilan shug’ullanish
  • O’quvchilar ingliz tilida muloqot qilishlari va o’z imkoniyatlarini oshirishlari uchun tabiiy muhit yaratib beruvchi amaliy tadbir va mashg’ulotlar olib borish.

Maktabgacha ta’lim muassasasi (bog’cha)ga ishga kirgach, o’qituvchining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Tarbiyachilar bilan birga yoki alohida kichik guruhlarda o’yinlar, qo’shiqlar yoki hunarmandchilik mashg’ulotlari orqali bolalarga ingliz tilini o’rgatish
  • Jismoniy tarbiya va ingliz tilidan saboq berish
  • Ingliz tili tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatish
  • Bolalar bilan ingliz tilda muloqot qilish
  • Amaliy mashg’ulotlar orqali bolalarning ingliz tilida muloqot qilish imkoniyatlarini oshirish uchun tabiiy muhit yaratib berish
  • Ota-onalarni bolalarining o’zlashtirish darajalaridan boxabar qilib borish
  • Ish davomida iliq va do’stona muhit yaratish
  • Turli yoshdagi guruhlar bilan ishlash rejalarini tuzishga yordam berish
  • Kunlik gigiyena mashg’ulotlarida yordamlashish (yuvinish va hkz. kabi)
  • Yig’layotgan bolalarni tinchlantirish
  • Bolalar bilan butun kun davomida barcha mashg’ulotlar jarayonida ishlash (tonggi badantarbiya, ovqatlanish, uyqu va boshqa jarayonlarda).

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilidan dars berishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Maktab va bog’chalar o’qituvchi va tarbiyachilarni quyidagilar bilan ta’minlashadi:

  1. Ish haqi.
  2. Ispan tili darslari.
  3. Dars berishning amaliy ko’nikmalari.
  4. To’liq tibbiy sug’urta.
  5. Ba’zi maktab va bog’chalar yashash joyi bilan ham ta’minlashadi.

Talablar:

Ishga kirish uchun nomzod ingliz tilini kamida C1 darajada bilishi shart. Shuningdek, nomzod 18 yosh va undan katta yoshli bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun nomzodlar CV’larini info@erasmusinschool.com elektron manziliga jonatishlari zarur. Undan tashqari, Erasmus In School portalida o’zlariga shaxsiy profil ochish ham talab etiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Erasmus In School portaliga kiring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!