×

Ispaniya: Magistratura talabalari uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

09.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

5925 marta

Barselonada joylashgan Barcelona Graduate School of Economics Oliy maktabi magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun 2021-yilgi Grantlar dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grantlardan birini qoʻlga kiritishni xohlagan nomzodlar Barcelona Graduate School of Economics’da oʻqitiladigan magistratura dasturlaridan istalganini tanlashi mumkin. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlar koʻrsatkichlariga qarab kotrakt summasini toʻlashdan 25, 50, 75 yoki 100 foiz ozod qilinadi. Shuningdek, ayrim iqtidorli talabalar stipendiya shaklidagi grantni ham qoʻlga kiritishi mumkin.

Shuningdek, eng yaxshi talabalarga oʻqish bilan bir qatorda universitetda toʻliq boʻlmagan ish ham taklif qilinishi mumkin.

Grantni qoʻlga kiritgan barcha talabalar, kontrakt toʻlashdan 100% ozod qilinganlar ham, universitetga qabul qilinganligini kafolatlash uchun 1000 yevro miqdoridagi kafolat puli toʻlashi kerak. Bu pul qaytarilmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlat fuqarolari grant uchun ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod moliya, iqdisodiyot, bank ishi, muhandislik (injinering), matematika, statistika, biznes boshqaruvi sohalaridan biri boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak: IELTS minimum 6.5/TOEFL minimum 90.
  5. Nomzod GRE sertifikatiga ega boʻlish ham tavsiya etiladi.
  6. Master’s Degree in Data Science yoʻnalishiga topshiruvchilar esa, GRE sertifikatiga ega boʻlishi

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga hujjat topshirish alohida jarayon emas va magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan shaxs avtomatik tarzda grantlarga nomzod hisoblanadi. Magistrlik dasturlariga yiliga ikki marta hujjat qabul qilinadi: 2021-yil 15-yanvargacha va 2021-yil 9iyulgacha. Har ikkala deydlayngacha hujjat topshirganlar, grantga nomzod hisoblanadi. 9-iyulgacha topshirilgan hujjatlar natijalari hujjat topshirilgan kundan boshlab 4-6 hafta ichida e’lon qilinadi.

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Barcha hujjatlar quyidagi tillardan birida boʻlishi yoki shu tillardan biriga rasmiy tarjima qilingan boʻlishi lozim: ingliz, ispan, fransuz, portugal, italyan yoki katolon tili.

Dastlab, nomzod shu yerda onlayn ariza topshirishi va unda berilgan barcha savollarga javob berishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi/yozishi kerak boʻladi:

  • Diplom va diplom ilovasi (baholar).
  • CV/rsume.
  • Motivatsiya xati (Statement of Purpose ) – 700 soʻzdan oshmagan holda.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL).
  • Tavsiyanoma berish uchun ikki kishing ism-familiyalari va kontaktlari.

Barcha hujjatlar yuklab boʻlgandan keyin 60 yevro application fee toʻlanishi kerak boʻladi.

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar oʻqish uchun Barselonaga borishda oʻzlari bilan diplom va diplom ilovasining rasmiy tarjima qilingan nusxalarini Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Ispaniya elchixonasi (yoki konsulligi) dan tasdiqlatgan holda olib borishi kerak.  Oʻzbekistondagi Ispaniya konsullugi bilan shu yerda tanishing.

Hujjat topshirish jarayoni bilan shu yerda batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!