The Istituto Europeo di Design (IED) – Yevropadagi mashhur hamda eng yirik moda va dizayn instituti Milan, Barselona, Florensiya, Madrid, Rim, Turin va Venetsiya filiallaridagi magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun umumiy miqdori 255 000 yevro bo’lgan Special Master Scholarships for International Students grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur har yili yosh dizaynerlarga institutning magistratura kurslarida 50 foizlik chegirma bilan ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradi. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli yoshlarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 38 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.
Nomzodlar quyidagi yo’nalishlardan biri bo’yicha magistraturada o’qishi mumkin:
- Design
- Fashion
- Visual Arts
- Communication
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Creactívate Scholarships for University Courses grantini yutib olgan talabaga o’zi tanlagan yo’nalishdan kelib chiqib grant belgilanadi (institutda magistratura kurslari yo’nalishlarga qarab 1 yoki 2 yillik) Grant kontrakt to’lovini 50 foizini qoplaydi. Grantlar faqat o’qish harajatlarini qoplash uchun mo’ljallangan bo’lib, transport, turar joy yoki kundalik harajatlar uchun mablag’ ajratilmaydi.
Grantlar quyidagicha taqsimlanadi:
- Milan, Firenze, Rim, Torino hamda Vinetsiya shaharlaridagi IED filiallarining magistratura kurslari uchun 14 ta 50% lik grant
- Madriddagi IED filiali magistratura kurslari uchun 14 ta 50% lik grant
- Barselonadagi IED filiali magistratura kurslari uchun 10ta 50% lik grant
Institut filiallari va unda ta’lim olish harajatlari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Italiya yoki Ispaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak
- Nomzod 18 yoshdan katta bo’lishi kerak
- Nomzod bakalavr darajasiga yoki shu sohadagi yetarli ish tajribasiga ega bo’lishi kerak
- Nomzod ingliz, italian yoki ispan tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak (tanlangan kursning asosiy tili qaysiligiga qarab)
- IED maslahatchilari va hodimlari tanlovda qatnashish huquqiga ega emaslar
- Natijalar e’lon qilingach, grantni yutib olgan ishtirokchi 5 kun ichida 2019-2020 o’quv yilidagi IED magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi zarur
- Nomzod faqat to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. G’olib ishtirokchi taqdim etgan biror ma’lumotning noto’g’riligi aniqlansa, grant bekor qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda qatnashish uchun nomzod quyidagi manzillardan birida ro’yxatdan o’tishi hamda ko’rsatmalarni bajarishi kerak:
- https://www.ied.edu/profession/special-master-scholarships-for-international-students
- https://www.ied.es/profesiones/concurso-de-becas-internacional-para-cursos-master
Nomzod ariza shaklini to’ldirishi, taqdim etishi va quyidagi talablarga javob beradigan loyihani (o’zi tanlagan kursga qarab ingliz, italyan yoki ispan tilida) topshirishi shart:
- Nomzod institutga ariza topshirish jarayonini boshlagan bo’lishi hamda imzolangan ariza shaklini boshqa hujjatlarga qo’shib taqdim etishi (Pre Enrollment Formni to’ldirishi va imzolashi) kerak.
- Talaba haqidagi ma’lumotlar (shaxsiy ma’lumotlar, oldingi ishlari, kelajakdagi rejalari, qiziqishlari).
- CV.
- Bakalvr diplomi hamda diplom ilovasi.
- Motivatsion xat (taxminan 250 so’z).
- Passport nusxasi.
- Tanlangan kursga qarab til sertifikati (kamida B2 darajada).
- Loyiha kontseptsiyasi (taxminan 250 so’z).
- Portfolio (agar talab qilinsa).
Nomzodlar loyihalarini quyidagi tarzda taqdim etishlari talab qilinadi:
- Nomzod loyiha arizasida taqdim etgan nazariyani asoslovchi tasvir, surat yoki chizmani taqdim etishi, ishlangan video roliklarni ko’rish uchun havola (link) berishi mumkin.
- Ijodiy ish 1 ta yagona PDF yoki docx fayliga jamlangan bo’lishi kera.
- PDF fayli maksimal kattaligi: 8MB bo’lishi lozim.
- Fayl ichida kamida 1ta va ko’pi bilan 5ta ijodiy ishning mazmunini ochib beruvchi tasvir, surat yoki chizma bo’lishi talab etiladi.
Ishlanmalarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Hujjatlarni qabul qilish 2019-yilning 28-martiga qadar davom etadi. Ariza topshirish yakunlanganidan so’ng institut o’qituvchilari va qo’mita a’zolaridan iborat hakamlar guruhi nomzodlar bilan bog’lanib (skype orqali) ulardan ishlanmalarini himoya (present)qilib berishlarini so’rashlari mumkin. Yakuniy natijalar 2019-yilning 30-may kuni e’lon qilinadi.
Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni institutning rasmiy sayti yoki grant nizomidan bilib olishingiz mumkin.
Murojaat uchun: https://www.ied.edu/request-information