×

Issiqko‘lda barcha xarajatlar qoplanadigan yosh liderlar forumi


Grant

MUHLAT

15.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

6034 marta

2018-yilning 1–5-iyul kunlari Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l shahrida bo‘lib o‘tadigan yosh liderlar forumiga arizalar qabuli boshlandi. Forum MDH mamlakatlarining yetakchilik salohiyati bor – iqtidorli yoshlarini birlashtirishni maqsad qilgan. Forumda o‘zining kuchli salohiyati bilan muvaffaqiyat qozongan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etish imkoniyatiga ega. Forumning ishchi tili rus tili.

Grant kimlar uchun?

18 – 35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Issiqko‘lda oziq-ovqat, turar-joy va o‘quv materiallari bilan ta’minlanadi;
  • Transport xarajatlari qoplanadi;

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • MDH mamlakatlaridan birining fuqarosi bo‘lishi kerak;
  • 18 – 35 yosh oralig‘ida bo‘lishi lozim;
  • o‘z mamlakatida iqtidori bilan muvaffaqiyatga erishgan bo‘lishi kerak;
  • rus tilini bilishi lozim;
  • ingliz tilini bilish ma’qullanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn tarzda to’ldiriladi.

Sizni qiziqtirgan qo‘shimcha savollarni forum@list.ru elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!