×

ISTernship: Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha!


Grant

MUHLAT

16.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

8611 marta

Avstirya Fan va texnologiyalar instituti (ISTA) ilmiy tadqiqot tajribasini oshirishni xohlovchi bakalavriat va magistratura talabalari uchun ISTernship yozgi amaliyot dasturini taklif qiladi.  Har yili ushbu dasturga 30-40 nafar talaba qabul qilinadi va ular institutdagi fakultet yoki laboratoriya aʼzosi bilan birgalikda qisqa tadqiot loyiha ustida ish olib boradi.

Ariza topshirish jarayonida nomzodlar oʻzlari birga ishlaydigan guruhni tanlaydi va qabul qilingan ishtirokchilar jamoa yetakchisi bilan tadqiqot loyihasi boʻyicha kelishib oladi. Mavjud tadqiqot mavzulari va ularga boshchilik qiluvchi professorlar bilan tanishish uchun BU YERGA kiring.

Amaliyot uchun ISTAga yetib borilgandan keyin, ishtirokchilarga dastlar ISTA tadqiqot jarayonlari va aspirantura dasturlari haqida maʼlumot beriladi. Dastur yakunida tadqiqot simpoziumi tashkillashtiriladi, unda amaliyotchilar oʻz ishlarini taqdimotini tengdoshlari, ISTA vakillari va laboratoriya aʼzolariga namoyish qiladi.

Tadqiqot va dasturning boshqa mashgʻulotlari toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr yoki magistrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Biroq nomzod oʻzi tanlagan loyiha boʻyicha tadqiqot olib bora olish salohiyatiga ega boʻlishi lozim. Ayniqsa, biologiya, kompyuter fanlari, axborot fanlari va ilmiy hisoblash, matematika, fizika, kimyo va materiallar, nevrologiya va fanlararo sohalarda tadqiqot olib borishga qiziquvchilarga bu dasturga topshirish tavsiya etiladi.

Bu yilgi amaliyot dasturi 2024-yil 15-may va 15-sentabr oraligʻida, 2-3 oy davomida boʻlib oʻtadi. Amaliyot dasturining aniq sanalari va davomiyligi nazoratchi bilan kelishiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari, shuningdek, bakalavriat va magistraturani bitirganiga bir yildan oshmagan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Oyiga 1000 yevro stipendiya.
  • Safar xarajatlari (borish va kelish) uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Nomzodlar hamyonbop tibbiy sugʻurtadan foydalanish imkoniga ega boʻladi.
  • Subsidiyalangan (arzonlashtirilgan) turar joy taʼminlanadi.
  • Venaga qatnovchi ISTA shatl-avtobusidan bepul foydalanish imkoniyati tadim etiladi.
  • Viza olish va safar jarayonlarini tashkillashtirishda yordam koʻrsatiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Rossiyadan boshqa istalgan davlat universitetlarida tahsil olayotgan talabalar bu dasturga ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar amaliyotning boshlanish sanasidan oldin bakalavriatning kamida 4 semestrini tamomlagan boʻlishi kerak yoki magistraturaning istalgan semestrida oʻqiyotgan talaba boʻlishi kerak. Shuningdek, amaliyotning boshlanish vaqtida (2024-yil may) bakalavriat yoki magistraturani bitirganiga 1 yildan oshmagan nomzodlar ham ariza topshira oladi.
  • Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshira oladi, biroq nomozdlar mavjud tadqiqot loyihalarida tadqiqot olib borish salohiyatiga ega boʻlishi kerak.
  • PhD bosqichida tahsil olayotgan talabalar bu dasturga ariza topshira olmaydi.
  • Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. Lekin ingliz tili sertifikatini (IELTS, TOEFL va h.m.) topshirish majburiy emas: agar boʻlsa, topshirasiz, boʻlmasa, topshirmaysiz.

Dasturga qabul jarayoni:

2024-yildagi amaliyot dasturi uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 15-fevral 19:00 gacha qabul qilinadi.

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirishdan oldin ariza portalidan roʻyxatdan oʻtish kerak (I need to register).

Ariza shaklini toʻldirishda quyidagi hujjatlar/maʼlumotlarni ham yuklash lozim:

  • CV.
  • Maqsad bayoni (statement of purpose).
  • Universitetda olingan baholar va diplomlar. Hali diplom olmagan bakalavriat talabalari hozirgacha olgan baholarinini taqdim etishi kerak. Bu hujjatlar ham original tilda, ham inglizcha tarjimasi bilan birga joylanishi kerak.
  • 1 yoki 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt malumotlari.

MUHIM: Yuqoridagi hujjatlarning batafsil taʼrifi, ularga qoʻyilgan talablar, ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishib chiqing (“Application” boʻlimi). Shuningdek, ushbu dastur haqidagi rasmiy eʼlonni ham toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: istintern@ist.ac.at.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!