×

Istanbul Photo Awards: yangiliklar aks etgan fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 6 000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2453 marta

Professional suratkashlar uchun Istanbul Photo Awards fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlovda asosiy daromadi suratkashlikdan iborat bo’lgan va rasmiy faoliyat ko’rsatadigan suratkashlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun 2022-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha tushirilgan, yangiliklarga oid suratlarni yuborishingiz mumkin.

Tanlovga 10 ta kategoriya boʻyicha suratlarni topshirish mumkin. Ushbu kategoriyalar bilan BU YERDA tanishing.

O’tgan yilgi tanlov g’olibi tomonidan tushirilgan suratni bu yerda ko’ring.

Grant kimlar uchun?

Professional suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblarga pul mukofotlari beriladi.

Single News kategoriyasi bo’yicha:

  • 1-o’rin uchun – 6000 AQSh dollari
  • 2- o’rin uchun – 1500 AQSh dollari
  • 3- o’rin uchun – 1000 AQSh dollari

Qolgan barcha kategoriya gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi.:

  • 1- o’rin uchun – 3000 AQSh dollari
  • 2- o’rin uchun – 1500 AQSh dollari
  • 3- o’rin uchun – 1000 AQSh dollari

Talablar:

Tanlovda qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Nomzod asosiy daromadini suratkashlik orqali oladigan, o’z asarlarini sotish yoki chop etish bilan shug’ullanadigan professional suratkash bo’lishi kerak.
  • Nomzod ma’lum axborot agentligi yoki tashkilotda ishlashi ham, frilans (erkin) suratkash bo’lishi ham mumkin. Ishtirokchilardan professional suratkash statusini isbotlovchi dalil so’ralishi mumkin.
  • Tanlovga avval chop etilgan yoki hal chop etilmagan suratlar topshirilishi mumkin.
  • Suratlar dunyoning istalgan hududida tushirilgan bo’lishi mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan fotosuratlar 2022-yilda tushirilgan bo’lishi shart.
  • Tanlovga rangli, oq-qora va boshqa istalgan ko’rinishdagi suratlar qabul qilinadi. Lekin Photoshop kabi dasturlarda o’zgartirilgan suratlarni topshirish mumkin emas.
  • Texnik talablar: suratlar JPG , JPEG yoki PNG formatida bo’lishi kerak. Hajmi imkon qadar 5 MBdan oshmasligi kerak.
  • Topshirilgan surat bilan birga asosiy jurnalistik savollarga javoblar ham ko’rsatilishi kerak. Masalan, surat sarlavhasi, taʼrifi. olingan sanasi, davlati va shahri. Barcha ma’lumotlar ingliz tilida kiritiladi.
  • Suratlarda imzo, savdo belgilari va tasvirda aks etmagan qo’shimcha, qo’shilgan elementlar bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod suratda tasvirlangan shaxs va obyektlarni ommaga havola etish haqida ruxsat olishi kerak.
  • Suratda aks etgan tasvirlar uchun suratkash javobgar bo’ladi.
  • Tanlovga kelib chiqqan suratlar texnik talablarga mosligi, texnik jihatdan mukammalligi, g’oya va ijodiy jihatlari, aks etgan tasvirning ta’siri va muhimligi kabi bir nechta mezonlar orqali saralanadi. Tanlovning rasmiy qoidalari

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshrish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari va koʻp beriladigan savollarga javoblarni oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!