×

“Iste’dod” jamg‘armasining stipendiya tanlovi


Grant

MUHLAT

14.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Har qanday davlat

O'QILGAN

5722 marta

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiantlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish “Iste’dod” jamg‘armasi chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash, shuningdek, magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun stipendiyalarga tanlov e’lon qiladi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, xorijiy (ingliz, fransuz, nemis, rus va boshqa) tillardan birini mukammal biluvchi, magistratura dasturi uchun bakalavr, PhD dasturi uchun magistrlik diplomiga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun tavsiya etilgan nomzodlar maqsadli dasturlarini OTM rahbarlari tomonidan tasdiqlatgan holda taqdim etishlari lozim.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet elda o’qish xarajatlari to’liq qoplanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. OTMlarning mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlari orasida chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tashga tavsiya etilayotgan nomzodlarning quyidagi hujjatlari Jamg‘armaning Qabul komissiyasiga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tanlov natijalari ilova qilingan holda taqdim qilinadi:
  • Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma-obyektivka;
  • Qabul komissiyasi raisi nomiga ta’limning shakli va yo‘nalishi ko‘rsatilgan, belgilangan tartibdagi ariza;
  • Pasport nusxasi;
  • Mehnat daftarchasining nusxasi;
  • OTM rahbarining imzosi bilan nomzod haqidagi chet elda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi zarurligi ko‘rsatilgan tavsiyanoma;
  • OTMni tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasi (fan nomzodi, PhD va fan doktori) va ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomning nusxasi;
  • 6 dona 3sm x 4sm hajmdagi fotosurat;
  • Xorijiy tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (IELTS, TOEFL kabi), agar mavjud bo‘lsa.
  1. Xorijda magistrtura va PhD dasturi bo‘yicha ta’lim olishga tavsiya etilayotgan nomzodlar tomonidan yuqorida ko‘rsatilganlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
  • Nomzodni keyinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi muassasa rahbarining kafolat xati;
  • Chet el ta’lim yoki ilmiy muassasasiga qabul qilganligini tasdiqlovchi hujjat (“Letter of acceptance”), agar bor bo‘lsa.

Arizalar joriy yilning 14-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Sizni qiziqtirgan savollar hamda qo‘shimcha ma’lumotlarga istedod@edu.uz elektron manzili yoki (0371) 232 60 18; 232 62 40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!