×

Italiya: Arxitektura va dizayn boʻyicha magistratura talabalari uchun Muzey dizayni tanlovi


Grant

MUHLAT

25.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2278 marta

Italiyaning Milan shahrida joylashgan Domus Academy Milan hamda Kartell brendi 2020-yil 4-fevraldan boshlanadigan Master in Urban Vision & Architectural Design kursi uchun New Museum Kartell dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant bir yil muddatga 5 nafar nomzodga ajratiladi.

Grant dizayn sohasida tanlovda qatnashib, gʻolib boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba akademiyaning Master in Urban Vision & Architectural Design kursi uchun yiliga 28 600 yevro oʻqish haqi toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Bir nafar talabaning oʻqish puli 60 foiz qoplab beriladi.
  2. Bir nafar talabaning kontrakt puli 50 foizi qoplab beriladi.
  3. Bir nafar talaba oʻqish pulining 40 foiz toʻlab beriladi.
  4. Ikki nafar nomzodning oʻqish haqining 20 foizi qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod akademiyaning Master in Urban Vision & Architectural Design kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ariza berilayotgan kurs uchun IELTS kamida 5.0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod moda yoki dizayn sohalaridan biri boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar akademiyaning Master in Urban Vision & Architectural Design kursida oʻqish uchun beriladi. Kursga oʻqishga kirgan talabalarning barchasi grantga daʼvogar hisoblanadi, shuning uchun grantga alohida ariza va hujjat topshirish talab qilinmaydi. Ammo tanlov uchun loyiha topshirish kerak. 2020-yil fevraldan boshlanadigan kurslar uchun dedlayn – 2019-yil 25-oktabr.

Oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avvalo Domus Academyning “Programs” boʻlimidan oʻzimiz istagan kursni tanlaymiz. Yaʻni, roʻyxatdan Design kurslarini toping.
  • Master in Urban Vision & Architectural Design kursIni tanlang.
  • Kurs sahifasida kurs haqida batafsil maʼlumot berilgan: taʼlim olish tili va kursda oʻqishga nechta oʻrin berilganligi, kimlar dars berishi va hokazo. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • “Application requirements” boʻlimida kirish talablari bilan tanishing.
  • Sahifada bosqichma-bosqich hujjat topshirish tartibi berilgan. Uni yuklab olish mumkin.
  • Sahifada ariza blanki berilgan. Uni koʻchirib olib toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Tanlovga hujjat topshirish.

  1. Avval tanlovda qatnashish uchun yoʻriqnomani batafsil oʻqib chiqish kerak.
  2. Ariza shaklini: shu yerdan yuklab olib, toʻldiring.
  3. Loyihaga arizalarni berish shu yerda amalga oshiriladi.
  4. Loyihani joʻnatishingiz bilan u qabul qilingani haqida pochtangizga xabar kelishi kerak. Agar tasdiq xabari kelmasa competitions@domusacademy.it elektron manziliga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza. Ariza ingliz tilida toʻldirilishi kerak.
  • Unda quyidagilar yoziladi:
  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Oʻqigan universitet va hokazolar haqida.
  • Ish tajribasi.
  • Axborot texnologiyalaridan xabardorlik.
  • Qaysi tillarni bilish haqida.
  • Badiiy-ijodiy portfolio. Bunda nomzodning bajargan ijodiy ishlari beriladi.
  • Motivatsion xat.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi.
  • Qaysidir kurs yoki seminarlarda qatnashayotgan boʻlsa, shu haqida hujjat.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati (kamida 5.0 boʻlishi talab qilinadi).
  • Ariza topshirish uchun 100 yevro badal toʻlanadi. Badal toʻlanganligi kvitansiyasining ham skan nusxasi topshirilishi kerak.

Barcha hujjatlarning skaner nusxasini ariza bilan birga yuklash kerak.

Nomzodlarni saralash

  1. Aʼlo baholari, yaʼni akademik darajasi.
  2. Loyihasi (Personal project).
  3. Talabalarning motivatsion xati.

Natijalar 2019-yil 26-noyabrda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: competitions@domusacademy.it

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!