×

Italiya: bakalavr kursida o’qish uchun to’liq va 11 000 yevro miqdorida grantlar!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

4324 marta

Italiyada joylashgan nufuzli universitetlardan biri – University of Bologna tomonidan taqdim etiladigan Unibo Action 1 & 2 grant dasturiga arizalar qabuli qish oylarida ochiladi. Qabul uchun SAT testini topshirish talab qilingani bois, hujjat topshirishga hozirdan tayyorgarlik ko’ring.

Ushbu grantlar Bologna universiteti bakalavr kurslariga o’qishga hujjat topshirgan va qabul qilingan xorijlik talabalarga SAT ballari natijalari, bakalavr kursida to’plagan natijalari va motivatsiyalari asosida belgilanadi. Bologna universitetida ingliz va italyan tilida bakalavr kurslari mavjud. Batafsil ro’yxat bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Unibo Action 1 grantini yutib olgan talaba o’qish to’lovidan butunlay ozod qilinadi.

Unibo Action 2 grantini yutib olgan talabaga umumiy miqdori 11 000 yevroga teng grant taqdim etiladi. Grantlar 4 yillik bakalavr kursining keyingi yillari uchun ham yangilanishi mumkin, buning uchun a’lo baholarga o’qish zarur. Kontrakt to’lovi haqida

Talablar:

  • Nomzod maktab/kollej/litsey shahodatnomasiga / diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ariza topshirish muhlatidan avval SAT testini topshirishi va arizasi bilan birga SAT natijalarini ham yuborishi zarur.
  • Nomzodning yoshi 30 dan oshmagan bo’lishi zarur.
  • Nomzod Bologna universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi zarur.
  • Agar nomzod italyan tilida o’qitiladigan bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lsa, italyan tilini, ingliz tilida o’qitiladigan bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lsa, ingliz tilini yaxshi bilishi va til sertifikatlarini taqdim etishi zarur. Kurslarga qabul uchun talab qilinadigan ballar har bir kurs uchun alohida, shu kursning sahifasida ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar va grant uchun hujjatlar 2021-yil fevral oyidan boshlab qabul qilinadi. Hujjatlar taxminan 30-aprelga qadar qabul qilinadi. Hujjat topshirishning so’nggi kuni o’zgarishi mumkin, shuning uchun fevral oyida Bologna universiteti rasmiy saytiga kirib, hujjat topshirish muddatlarini qayta tekshirib oling. Natijalar may oyida e’lon qilinadi.

Arizalar bu yerda topshiriladi. SAT testi natijalarini yuborish uchun Bologna universiteti kodi: 6993. Italiyaga viza olish masalalari haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o’qing.

Unibo universitetiga murojaat uchun internationaldesk@unibo.it elektron manziliga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!